So’nggi yangiliklar

00:17ЕЧЛ. "Боруссия Д" – "Аталанта", "Монако" – ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:09ЕЧЛ. "Бенфика" – "Реал Мадрид". Бошланғич таркиблар аниқ!  1 00:03Элит ОЧЛ. "Трактор" "Ал Ғарафа"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Ал Садд"ни таслим этди (умумий гуруҳ босқичининг якуний жадвали)  1 23:39Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев "Навбаҳор"га ўтмоқда  9 23:24Сака ва "Арсенал" шартномани узайтирди. Букайо клубда энг юқори ҳақ оладиган ўйинчига айланади (BBC)  3 22:59МЮ Рэшфорд учун "Барселона"га чегирма беришни режалаштирмаяпти  3 22:24"Пахтакор" голларга бой кечган назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  12 22:10ОКМК назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  2 21:56ЕЧЛ. "Галатасарой" – "Ювентус". Бошланғич таркиблар аниқ!  6 21:30"Бухоро" Россия клуби билан дуранг ўйнади  0 21:06Каннаваро: "ВАР протоколини ҳозироқ ўзгартириш лозим - хатолар чемпионат натижаларига таъсир кўрсатиши мумкин"  3 20:32Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"  52 19:57"Арсенал" "Атлетико" ҳужумчиси учун 120 млн евро таклиф қилган, аммо рад жавобини олган  3 19:35Кевин Де Брюйненинг эҳтимолий қайтиш санаси айтилди  0 19:09"Барселона" — Ла Лигада пенальтидан гол ура олмаслик бўйича пешқадам  7

Rustam Abdullaev: "So'g'diyona" bilan o'yinni "sotmagandik" Yangiliklar

Rustam Abdullaev: "So'g'diyona" bilan o'yinni "sotmagandik"

Teglar :  Rustam Abdullaev
O'tgan hafta "Qo'qon-1912" klubi bosh murabbiyi Rustam Abdullaev o'z vazifasidan ozod etildi.

Jamoa oliy liganing 29-turidan o'rin olgan "So'g'diyona"ga qarshi bahsda 1:3 hisobida yutqazib qo'ygach rahbariyat murabbiyni istefoga chiqardi.

"Futbol Ekspress" gazetasi muxbiri murabbiy bilan suhbat uyushtirdi. Ushbu suhbatning asosiy qismini taqdim etamiz.

"To'g'risini aytsam, "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan oldin har xil mish-mishlar ko'payib ketdi. Bu narsa esa biz bilan uchrashuvda yuz berishini xohlamagandim. CHunki uchrashuvdan oldinoq ruhiy tomondan esankirab qolishgandi. Tashqi bosim ham kuchli bo'ldi. Turli xil gap-so'zlar oxir oqibat mana shunday holatga olib keldi. Ammo Qo'qonda toza o'yin bo'ldi va jizzaxliklar bizni ravishda yutishdi", - deydi Abdullaev.

- Murabbiylik faoliyatingiz davomida sizga kimdir kelishishni taklif qilganmi?
- Murabbiy bo'lib ishlayotgan paytimdan beri menga ham o'zaro kelishishni taklif qilishgan. Aynan "So'g'diyona"ga qarshi o'yin o'yindan oldin ham "Iltimos, yordam beringlar" deb aloqaga chiqishgandi. Ammo men bu taklifni keskin ravishda o'ylab o'tirmay rad qilgandim. Sizlardan faqat bitta narsani iltimos qilaman, xalqqa mening gaplarimni etkazing: "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda meni ishdan bo'shatishdi, lekin o'yin halol o'tdi. Ertaga yana murabbiylik ishimni davom ettirishim va yana oilamni boqishim kerak. Insonni nohaq qoralash esa mutlaqo noto'g'ri ish.

- Sir bo'lmasa, o'yindan oldin aynan kim aloqaga chiqqanini ayta olasizmi?
- Kimligini aytgim kelmayapti. Baribir hamma joyda bu kabi holatlar bo'lib turadi. Agarda men ham "So'g'diyona", "Buxoro" yoki "Dinamo"ning o'rnida bo'lganimda "Iltimos, yordam beringlar" deb murojaat qilishim mumkin edi. Yani hamma narsani ishga solib bo'lsa ham oliy ligada jon saqlab qolish harakatida bo'lardim. Ammo biz muddatidan avval o'z ishimizni bajarib bo'ldik.

- Yana qo'shimcha bildiradigan gaplaringiz ham bormi?
- Qo'qon xalqiga va rahbarlariga shuni aytmoqchimanki, biz "So'g'diyona" bilan o'yinda qing'ir ishga qo'l urmaganmiz.


Firdavsxon suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика