So’nggi yangiliklar

14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  0 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  5 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  11 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  4 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  5

Rustam Abdullaev: "Oliy ligada qolish asosiy vazifamiz" Yangiliklar

Rustam Abdullaev: "Oliy ligada qolish asosiy vazifamiz"

Oliy ligaga qaytgan "Qo'qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi Rustam Abdullaev klubning yangi mavsumda o'z oldiga qo'ygan vazifalari va rejalari haqida "Championat.asia" saytiga gapirib o'tdi.

"Jamoa mavsumga tayyorgarlik jarayonini yaxshi o'tkazdi. Yangi mavsumda "Qo'qon-1912"ning asosiy vazifasi bu Oliy ligada qolish. Bu bizning minimum vazifamiz. Imkon qadar turnir jadvalining yuqoriroq o'rinlari uchun kurash olib boramiz. Kuchli "o'ntalikka" kirishga harakat qilamiz. Klub rahbariyati imkon qadar barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilmoqda. SHaroitlarimiz juda yuqori darajada emasdir, lekin yomon ham emas. Qisqa qilib aytganda, "ko'rpachaga qarab oyog' uzatamiz". Tarkibdagi yoshi katta futbolchilar? Futbolda futbolchining 35 yoshi hech nimani anglatmaydi. Hammasi ruhiyat va jismoniy holatiga bog'liq. Ayni damda jamoamizga tajribali futbolchilar zarur. Jamoamizdagi yosh futbolchilar maydonda qaltirab qolmasliklari uchun ham Aleksey Nikolaev singari tajribali futbolchilarni jalb etdik. Nikolaev o'z faoliyati davomida katta o'yinlarda ko'p o'ynagan va boy tajribaga ega. Uning katta tajribasi jamoamizga qo'l keladi deb o'ylayman. Jamoa o'z o'yinini topib olish uchun biroz vaqt talab etiladi. Ayni paytda o'yinimizni shakllantirish borasida ishlar olib borilmoqda. Dastlabki tur o'yinlari biz uchun oson bo'lmasligi aniq. Yangi mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasidan Doniyor Usmonov, Avaz Mamatxo'jaev kabi yosh iqtidorli futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishadi deb o'ylayman. Umid qilamanki, o'z o'yinlarimiz bilan futbol muxlislarini xursand etamiz va shunga harakat qilamiz", - deydi Rustam Abdullaev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика