So’nggi yangiliklar

23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  0 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  1 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  8 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  25 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  11 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  94 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  11 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   18

Rustam Abdullaev: “O'ylagan rejalarimiz amalga oshmadi” Yangiliklar

Rustam Abdullaev: “O'ylagan rejalarimiz amalga oshmadi”

“Qo'qon-1912” – “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Rustam Abdullaev ishtirok etdi.

- O'yinni o'zinglar ham ko'rdinglar, yigitlar imkon qadar g'alaba uchun xarakat qildi. Menimcha hech qaysi jamoa maydonga yutqazaman deb tushmaydi. Boz ustiga o'z maydoningda doim muxlislarni faqat g'alaba bilan quvontirishni o'ylaysan. Bugun biz ham stadionga kelgan ishqibozlarimizni uch ochko bilan xursand etish uchun astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Ammo o'ylagan rejalarimiz amalga oshmadi. Yaratilgan ayrim vaziyatlardan oqilona foydalana olmadik. Raqib jamoada esa bitta qulay vaziyat bo'ldi va gol. O'sha vaziyatda himoyachilarimiz raqib o'yinchilariga pas oshirishi uchun imkoniyatni berib qo'ydi. O'ylaymanki, “Navbahor” ham yaxshi shakllangan jamoa. O'yindan oldin havotir olib turgandim. Nima bo'lganda ham bugungi o'yinda yutqazishimiz kerak emasdi. O'yindan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, kamida durang qayd etilishi lozim edi. Derbida o'zi shunaqa bo'ladi. Bitta gol urgan jamoa ko'pincha yutib ketadi. Futbol o'zi shunisi bilan qiziq – deya gap boshladi Rustam Rahmonovich.

- Ko'rdik bugun negadir, 4-5ta vaziyatlarda to'p kutilgan manzilga bormadi?  

- Bugun o'ylagan rejalarimizni ko'pi amalga oshmadi. Yigitlarni bugun huddi sexrlab qo'ygandek tuyuldi. Qo'lidan keladigan narsalar, bugun negadir chiqmadi. Har bir futbolchini kuchli tomoni bor. Bugungi o'yinda ular shu jihatini ko'rsata olmadi. Ular ijobiy natija uchun xarakat qilishdi. O'yin video tasmasini ko'rib chiqamiz va xatolar ustida ishlaymiz.  

- Uchrashuvni soat 17:00da boshlangani ham natijaga tasir o'tkazdimi?

- Ha, menimcha ob-havoning issiqligi ham sabab bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi taymda ko'rdinglar, yigitlarda tezlik yo'q edi. Ularning nafas olishi ham qiyin bo'ldi. Lekin ko'rgan bo'lsangiz. Ikkinchi taymda himoyachini o'rniga hujumchi tushirib, oldingi chiziqni kuchaytirishni rejalashtirdik. Uchrashuv oxirlarida so'nggi vaziyatda Aziz To'xtaboev darvozani aniq nishonga olganida, o'yin boshqacha bo'lardi. Yana qaytaraman bugun biz faqat g'alaba uchun o'ynadik. O'yin bo'yicha bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik. Raqibga omad kulib boqdi. 

- Bugungi o'yin endi tarixda qoldi. Ushbu mag'lubiyat nimagadir sababchi bo'ladi. Yaxshilikka bo'lsin. Yigitlar to'g'ri xulosa chiqargan xolda, o'z ustida yanada ishlaydi. Yana qaytaraman, jamoamiz tarkibi bu yil yangitdan tuzildi va endi-endi shakllanib boryapti. Asta sekin to'g'ri qadam bosib, oldinga intilmoqda. Nasib qilsa “Qo'qon-1912”ning g'alabalari hali oldinda. Darvoqe, bugungi uchrashuvda bizni qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizdan uzur so'rayman va ularga muxlislik uchun minnatdorchilik bildiraman – deydi Abdullaev. 

Islombek Rustambekov yozib oldi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика