So’nggi yangiliklar

20:10​"Астон Вилла" Мартинес кетса, "Реал" дарвозабонини олиб келмоқчи  0 19:47МЮ сербиялик дарвозабонга қизиқиб қолди  0 19:26Про лига. "Олимпик-MobiUz" Нукусда кичик ғалабага эришди  0 19:05"Реал" скаутлари "Арсенал" – "Борнмут" ўйинида бўлди  3 18:388 ўйинда 8 хато. Суперлиганинг 8-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 18:14МЮ Рэшфордни сотишга тайёр. Клуб ўз тарбияланувчисини қанчага баҳоламоқда?  2 17:47Ўзга олам вакиллари  4 17:15"Футбол олами". Сенсацияларга ва истеъфоларга бой бўлган 8-тур ҳақида батафсил  0 17:04Шўрпахтажон  9 16:55"Реал" Мбаппе ўрнига янги ҳужумчи топди  6 16:10Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси илк турда Хитой Тайпейидан йирик ҳисобда енгилди  5 15:45"Барселона"нинг 4000 дан ортиқ мухлиси Миланга боради  2 15:17Тони Кроос Педрини ўз позициясида энг кучли футболчи деб билади  6 14:50Биринчи учрашувни шоуга айлантирган жамоалар тўқнашуви: Финал чиптаси ўйналадиган "Интер" – "Барселона" ўйини учун превью  19 14:29"Ҳурматли мухлислар, жамоадаги ишим давомида мени ҳар томонлама қўллаб-қувватлаганингиз учун катта раҳмат!" — Александр Хомяков  13

Rustam Abdullaev: “Kurashmasdan yutqazsak muxlislar bizni kechirmaydi” Yangiliklar

Rustam Abdullaev: “Kurashmasdan yutqazsak muxlislar bizni kechirmaydi”

Kuni-kecha Qo'qonga safar uyushtirgan chog'imizda tabiiyki jamoa bosh murabbiy Rustam Abdullaev bilan ham suhbatlashdik.
Uning aytishicha, Vadim Abramov jamoasiga qarshi o'yinlarga ham faqat “jang” qilish uchun maydonga tushilar ekan. Boshqacha aytganda, oldindan taslim bo'lish yo'q deb qo'shimcha qildi Rustam Rahmonovich. Keling qolganini quyida o'qiysiz.

- Uzoq davom etgan tatildan so'ng yigitlarni 20 dekabr kunidan boshlab, Qo'qonda yig'dik. Rahbariyat barcha sharoitni yaratib bergan. Vaqtinchalik bazasi sifatida ushbu “Bowling” mehmonxonasidan foydalanib turibmiz. Ko'rib turganingizdek, sharoitlar juda yaxshi. Xonalar issiq. Jamoaning ovqatlanishi ham yaxshi. Nasib qilsa yanvar oyidagi yig'inda ham shu erda istiqomat qilamiz. Dastlabki bosqich yig'inini tiklanish jarayoni deyish mumkin. Unda futbolchilarni navbatdagi boshlanadigan yig'inga tayyorlash bo'ladi. Ushbu yig'in davomida biz asosan Farg'ona viloyatidagi o'yinchilarni ko'rikdan o'tkazishni rejalashtirganmiz. Keyin yig'inda geografiya kengayib, butun vodiydan o'yinchilarni ko'rikka taklif etamiz. SHunda ham o'zimizga maqul kelganlarini. Asta sekin poytaxtdan ham futbolchilarni yig'inga jalb etib, o'zimizga maqul kelganlari bilan shartnoma imzolaymiz.

- Selekciya jarayonida imkoniyatimizdan kelib chiqib ish tutamiz albatta. Negaki biz tarkibda ko'rishni istagan futbolchining narxi qimmat turishi mumkin. Oldin ham aytganman, men jamoaga har tomonlama yordam beradigan va kurashga chanqoq yigitlarni olaman.

- Bu yil tarkibimizda xarakat qilganlarning 60-70 foizi olib qolinadi. Ularning aksariyati bilan birin-ketin shartnoma imzolanmoqda. Biror bir futbolchini ketdi deb aytishni istamas edim. Bundaylar bilan do'stona xayrlashyapmiz.

- Legionerlar ham olib kelishimiz mumkin. Agarda o'zimizdagi o'yinchilardan talabimizga mos tushadiganlarini topa olmasak, imkoni bo'lsa xorijdan ham yosh va tirishqoq legioner olib kelishimiz mumkin. Legioner albatta mahalliy o'yinchilarga o'rnak bo'lishi shart! Buni yig'inlar davomida aniqlab boramiz.

- Murabbiylar shtabi ham deyarli aniq. Aram Ananyandan tashqari o'z vaqtida “Qo'qon-1912”da o'ynagan va muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Muhsin Nizomiddinov bilan Muhammad Inog'omov ham kelasi yil murabbiylar shtabida bo'ladi. Ha, Dilshod Nuralievga ham taklif bilan chiqqanmiz. U kishining yoshi mendan katta. Boy tajribasi asqotishi aniq. Agarda Nuraliev taklifimizni qabul qilib, jamoamizga kelib ishlasa faqat xursand bo'lamiz. U kishi nafaqat futbolchilarga balki o'sib kelayotgan yosh murabbiylarimiz va qolaversa o'zim uchun ham maktab bo'ladi. Lekin bu masala hozircha aniq bo'lib ulgurmadi.

- To'g'ri, Vadim Abramov bilan ilgari hamkorlikda ishlaganmiz. Ko'z tegmasin haligacha munosabatlarimiz yaxshi. Lekin do'stlik ish paytida bo'lmaydi. Uning jamoasiga qarshi o'yinlarga ham faqat ijobiy natija uchun tushamiz. Oldindan taslim bo'lish yo'q. Quradan keyin Vadim Karlenovich hazillashib, 10-turda Toshkentda uchrashamiz ekan dedi. Men ham qiziq bo'lishini aytdim. Sizga shuni aytishim mumkinki, nafaqat uning jamoasi bilan balki har bir o'yinda “jang” qilamiz. Kurashmasdan engilsak, muxlislar bizni kechirmaydi. Bilasizmi ilgari biz “Paxtakor” yoki shunga o'xshash grand klublarga qarshi o'yinlarga o'zimizni tayyorlay olardik. Murabbiyning tayyorlashi ikkinchi darajali bo'lib qolardi. Demoqchimanki, hozir tarkibimizdagi aksariyat o'yinchilar oliy ligada o'ynamagan. Ular o'zlarini aynan grand klublarga qarshi o'yinlarda ko'rsatishi kerak.  

- Qo'qon ahli futbolni qadrlaydi. Bu yil ham har bir uy o'yinimizga ko'plab ishqibozlar tashrif buyurdi. Tabiiyki kelasi yil ham bundan kam bo'lmaydi. Ularning daldasi futbolchilarimizni “yugurtirib” yuboradi.


Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика