So’nggi yangiliklar

21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  0 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  0 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  6 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  1 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   10 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  4 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  3

Rustam Abdullaev: "Bugun jamoamga etakchi etishmadi" Yangiliklar

Rustam Abdullaev: "Bugun jamoamga etakchi etishmadi"

"Qo'qon-1912" - "Andijon" (0:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Rustam Abdullaev qatnashdi.

"Durang ham yaxshi natija, lekin uyda doim g'alaba qozonishni istaymiz. Bugun yangi mavsumning ochilish o'yini bo'ldi. Yutishni istagandik, omadimiz kelmadi. Bu - futbol. Stadionga kelgan shuncha muxlisni gol bilan xursand qila olmadik", - deydi Rustam Abdullaev. 

"Bugun jamoamga etakchi etishmadi. SHu bois g'alaba qozona olmadik. Jamoani olg'a boshlaydigan futbolchi etishmadi. To'xtaboev birinchi bo'limda jarohat olib maydonni tark etdi. Bu o'yinimizga tasir qildi".  

"G'alaba qozonib xalqimizni xursand qilishni xohladim. Bahs durang bilan tugadimi demak natija haqqoniy. Jamoamizning aksariyat futbolchilari yangi kelishgan. Hali shakllanib bo'lmaganmiz. Bu bosqichdan o'tib olish kerak".

"Argun bugun ilk bor maydonga tushdi. Unda tibbiy ko'rikdan o'tish borasida muammo paydo bo'lgandi. Ko'rdinglar unda o'ynash istagi bor, harakati bor. Keyingi o'yinlarda jamoada qo'shilib ketishiga ishonaman".

"Rahbariyat agar menga aniq vazifa qo'ysa o'z oldimga o'sha pog'onadan 4ta o'rin teparog'ini qo'yaman". 

"Bugun raqib safida darvozabon yaxshi o'ynadi. Uni eng yaxshi deb topgan bo'lardim. U bir qator vaziyatlarda jamoasini qutqardi. Abdumalik Abdullaevning ham o'tgan turda gol urgani va penalti ishlaganini bilardik".


Islombek Rustambekov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика