Rustam Abdullaev: "Bizga barqarorlik etishmayapti"
06 iyu 2015 20:40
Yangiliklar


Rustam Abdullaev: "Bizga barqarorlik etishmayapti"
"Havo juda issiq edi. Ikkala jamoa ham bir xil sharoitda o'ynadi. Biz qo'yib yuborgan gollar o'z xatoimiz tufayli yuzaga keldi. Markaziy himoyachilarimiz qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi.
- So'nggi marotaba "Qo'qon-1912" "Metallurg" bilan 2003 yil o'ynagan. 12 vaqt o'tdi. Qo'qonliklar oldingi uchrashuvlarga qaraganda sust harakat qildi...
- Havo harorati juda baland edi. Jamoaga yangi kelgan futbolchilar ham hozircha ko'nika olishmadi. Barqarorlik ham etishmayapti.
- Yoshlarga etibor berilyaptimi, o'rinbosarlarda iqtidorli futbolchilar bormi?
- Albatta. Kecha o'rinbosarlarimiz 1:1 o'ynadi. Qo'qonda iqtidor ko'p. Oliy ligada jamoa yo'qligi tufayli yoshlarga etibor susaygandek edi. Mana hozir oliy ligadamiz, bu borada kerakli ishlar amalga oshirilyapti.

Fikrlar