So’nggi yangiliklar

00:07ЕЧЛ. "Атлетико" - "Реал" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  1 23:54"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" етакчисига катта маош таклиф қилди  0 23:18"Арсенал" икки ярим ҳимоячи билан шартнома имзолашга яқин  0 22:43"Нефтчи" тақдимот маросими ўтказди  4 22:17Мбаппе бугун ўйнайдими?  8 21:52ЕЧЛ. "Лилль" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  3 21:40"Манчестер Юнайтед" "биллури" сафга қайтди  4 21:20Бахтиёр Намозов ва Найим Қосимов соҳил футболи бўйича Осиё кубогига тайинлов олди  2 20:47"Челси"га "Милан" етакчиси керак  0 20:15Аморим: "Янги стадионни ўйлаётганим йўқ"  2 19:55"Олимпик" назорат учрашувида "Истиқлол"га 5 та гол урди  0 19:36Азизбек Турғунбоев жароҳати ҳақида гапирди  4 19:20Қирғиз Республикаси терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши учрашув учун жалб этилган футболчилари рўйхати маълум  3 19:03"Локомотив" назорат ўйинида "Олимпик-MobiUz"дан устун келди  0 18:28Азизбек Турғунбоев нима учун терма жамоадан чақирув олмади?  11

Ruslan Matniyozov: “Oliy ligadagi debyut mavsumimdan ko'nglim to'ldi” Yangiliklar

Ruslan Matniyozov: “Oliy ligadagi debyut mavsumimdan ko'nglim to'ldi”

Asli xorazmlik va bugungi kunda Toshkentda istiqomat qilayotgan Ruslan Matniyozovni muxlislar unchalik ham yaxshi bilmasa kerak.

Bungacha asosan birinchi liga klublari va Qozog'iston birinchi ligasi ishtirokchilari safida bo'lgan posbon mavsumlar oralig'ida “Qo'qon-1912” tarkibiga kelib qo'shildi. Bu qo'qonliklarning “NBU-Osiyo”ga qarshi o'tkazgan sinov-nazorat bahsidan so'ng amalga oshdi. SHu kuni bor mahoratini ishga solib, jamoasini bir qator muqarrar gollardan saqlab qolgan Ruslanni o'yin tugashi zahotiyoq Rustam Abdullaev o'z jamoasiga taklif etdi. Bu esa uning uchun kutilmagan chorlov bo'ldi va oliy ligada o'zini sinab ko'rishga ahd qildi. “SHunqorlar”ning asosiy posboniga aylanish uchun Matniyozov eng avvalo Andrey Baklanov va Aziz Ashurov bo'ladigan raqobatda yutib chiqishi shart edi. Uning elitadagi debyut o'yini “Mashal”ga qarshi kechdi. O'yindan bir kun oldin yoshlar ligasidan o'rin olgan bahsda 90 daqiqa davomida xarakat qilgan Ruslan ertasi kuni maydonga tushishga 99 foiz ishonmagandi. Ammo murabbiylar uni kutilmaganda asosiy tarkibga kiritdi. Bundan Matniyozovning o'zi ham qattiq hayajonga tushdi. Ammo u buni sezdirmaslikka urindi. Uchrashuv esa uning tayyor emasligini yaqqol ko'rsatib qo'ydi. Qo'qonliklar shu kuni Muborakda mag'lubiyatga uchraganidan so'ng 28 yoshli darvozabon ko'p vaqt o'zini ruhan tiklay olmadi. O'sha paytda u bilan suhbatlashganimizda, endi boshqa imkoniyat bo'lmasligini aytardi. Lekin birinchi davraning qoldirilgan uchrashuvida “Paxtakor”ga qarshi ham darvoza Matniyozovga ishonib topshirildi. “SHerlar”ga qarshi uchrashuvda muxlislar umuman boshqa Ruslanni ko'rdi. Sababi darvozabon bir nechta seyvlarni namoyish etib, ko'pchilikni etiborini qozondi. Mavsumning so'nggi o'yinida ham murabbiylar Matniyozovga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berdi. “Bunyodkor”ga qarshi bahsda “Qo'qon-1912” posboni o'z darvozasidan 5 (!)ta to'p o'tkazib yubordi va maydonni sheriklaridan oldin tark etishga majbur bo'ldi. CHunki Matniyozov qizil kartochka olishga majbur bo'ldi. Mavsum yakuniga etgach, Ruslan bilan suhbatlashib, bir qator savollarga javob oldik. 


- Ruslan, “Bunyodkor” bilan o'yin haqida nima deysiz? SHu kuni jamoangiz yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.
- To'g'risi, bunday bo'lishini sira kutmagandik. Mavsumning so'nggi uchrashuvida muxlislarimizni ijobiy natija bilan xursand qilish asosiy vazifalarimizdan bir edi. Ammo ko'rdingiz shu kuni tajriba baribir o'z so'zini aytdi. O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rilgandi. Hamma futbolchilar o'zini ko'rsatish uchun xarakat qildi. CHunki kelasi yil kuchliroq jamoalardan taklif bo'lishi mumkin. Bu – futbol. Kimdir yutadi va kimdir yutqazadi.

- O'tkazib yuborilgan gollarda o'zingizni qanchalik aybdor his qildingiz?
- Bilasizm futbol jamoaviy o'yin. SHuning uchun mag'lubiyatda butun jamoaning aybi bor deb bilaman. Darvozabonning bir o'zi hech narsani hal qila olmaydi. Bunga hamma javob beradi.

- Bu gollardan birortasini ham qaytarishni iloji yo'qmidi?
- Har bir darvozabon imkon qadar o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormalikka xarakat qilgani kabi, men ham shu kuni darvozam dahlsizligini saqlab qolish uchun astoydil xarakat qildim. 5ta goldan birortasini qaytarishni iloji bo'lganida yirik hisob bo'lmasdi deb o'ylayman.

- SHu kuni qizil kartochka olib, maydonni erta tark etishga majbur bo'ldingiz. Hakamning qaroriga qanday munosabatdasiz?
- Haqiqatdan ham qizil kartochka bor edi. O'sha vaziyatda bu eng oxirgi fol edi. Agarda raqib futbolchisini to'xtatmaganimda balki yana darvozamiz ishg'ol etilgan bo'larmidi. SHu bois so'nggi chorani qo'lladim. Ammo hakam hisob yirik ko'rinish olib turgan bunday paytda sariq kartochka bilan ogohlantirsa ham bo'lardi. 5:0dan keyin chetlatish yuz bersa har qanday jamoa ruhan sinib qolishi aniq.


- Joriy mavsumdagi faoliyatingizdan qay darajada qoniqish xosil qildingiz?
- Ko'nglim to'ldi desam ham bo'ladi. 50x50. Mashg'ulotlarda tinimsiz ravishda o'z ustimda ishladim va asosiy tarkibda maydonga tushish uchun xarakat qildim. Qolaversa yoshlar ligadagi bahslarda ham ishtirok etib, etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'ldim.  

- Bu sizning oliy ligadag debyut mavsumingiz edi...
- Ha, shunday. Ilk mavsumdagi ishtirokim menimcha yomon chiqmadi. Nasib qilsa kelgusida yanada o'zimni ko'rsataman.

- Asosiy tarkibdagi o'yinlaringiz asosan Toshkent klublariga qarshi uchrashuvlarda yuz berdi. Bu tasodifmi?
- Bilmasam. Murabbiylar imkoniyat berganida bundan unumli foydalanib qolishga va muxlislarni olqishini qozonishga urindim. “Mashal”ga qarshi kechgan o'yinda to'g'risi, maydonga tushishimga unchalik ko'p ishonmagandim. CHunki o'zingiz bilasiz bir kun oldin yoshlar jamoasi tarkibida 90 daqiqa xarakat qilganman. Men uchun bu syurpriz bo'ldi. Keyinchalik “Paxtakor”ga uchrashuvda boshlang'ich tarkibdan o'rin oldim. SHu kuni omadimiz kelib, “sherlar” bilan durang qayd etdik. Maqtanishga yo'ymangu, ushbu o'yinda o'zimni ko'rsata oldim deb o'ylayman. Bir qator reakciya va seyvlar o'xshadi. Stadionga kelgan ishqibozlar ham qo'llab-quvvatladi. SHundan so'ng o'zimga bo'lgan ishonch ortdi. Keyingi ikki o'yinim esa “Bunyodkor”ga qarshi yuz berdi. To'g'risi, o'tkazib yuborgan gollarim haqida eslashni istamayman. Juda hijolatdaman... Ammo bu menga kattagina tajriba bo'ldi. 

- “Qo'qon-1912”da o'ynab qanchalik o'sishga erishdim deb o'ylaysiz?
- Yuqorida aytganimdek bu yilgi faoliyatimdan ko'nglim to'ldi. Qo'qon jamoasiga borganimdan afsuslanmayman. U erda mahoratli posbonlar bilan mashg'ulot o'tkazdim. Tajribam oshdi. Jamoada ichki muhit ajoyib edi. Ayniqsa mamurimiz Merojiddin aka hammani kuldirib yurardi. Yigitlar bilan ham do'stona va iliq munosabat o'rnatilgan.


- Ishqibozlar to'g'risidachi, nima deysiz?
- Ularga mingdan-ming rahmat. Har bir o'yinimizga kelib, sezilarli darajada qo'llab-quvvatlab turishdi. Bu esa o'yinlarda bizga ruhiy o'sishni berardi. Ular xatto safar uchrashuvlarida ham jamoani yolg'izlatib qo'yishmadi. Mashg'ulotga ham ko'plab ashaddiy ishqibozlarimiz tashrif buyurardi. “Bunyodkor”ga qarshi o'yinda ham garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, qizil kartochka olib maydondan chetlatilganimdan keyin ishqibozlarimiz meni qo'llab-quvvatlab turdi. SHu kuni yutqazgan bo'lsakda, muxlislarimizning olqishidan ko'nglim biroz ko'tarildi. Buning uchun ularga tashakkur deyman.   

- Kelgusi rejalaringiz qanday? Jamoada qolmoqchimisiz yoki boshqa takliflarni ko'rib chiqasizmi?
- Oldimda bir qator variantlar turibdi. Oliy liganing aksariyat klublaridan og'zaki takliflar bo'ldi. Ammo yakuniy bir qarorga kelganim yo'q. Ayni damda oilam bilan dam olyapman. Agarda qo'qonliklar kelasi mavsum xizmatimga extiyoj sezib, qolishimni so'rasa bu haqda batafsil gaplashib olishimiz ham mumkin.

- Bu yilgi mavsumda sizga qaysi darvozabonlarning o'yini yoqdi?
- Eldor Suyunovni. “Nasaf” posbonini bugungi kunda mamlakatimizdagi birinchi raqamli deyish mumkin.

- Evropadan yoqtirgan golkiperingizchi?
- Klaudio Bravo. “Galatsaroy” posboni Fernando Muslera esa kumirimdir.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика