So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Ruslan Koryan: “Lokomotiv”ni shaxsiy muammolarim sababli tark etganman” Yangiliklar

Ruslan Koryan: “Lokomotiv”ni shaxsiy muammolarim sababli tark etganman”

O'tgan yilgi mavsumning birinchi davrasida yurtimizda, aniqrog'i “Lokomotiv” jamoasida to'p surgan Ruslan Koryanni muxlislarimiz yaxshi eslashsa kerak.

O'shanda u 10 ta uchrashuvda maydonga tushib 2 ta gol urgandi. Umuman aytganda, Koryan o'zidan yomon taassurot qoldirmagandi. Ayni paytda esa u Rossiya birinchi divizionida “SKA-Xabarovsk” jamoasi sharafini himoya qilyapti. Ochig'ini aytganda, Ruslanni nima sababdan “Loko”dan ketib qolgani haligacha tushunarsiz. Vaholanki, u yomon legioner emasdi. U bilan gaplashadigan gaplarimiz to'planib qolgani sababli Koryanni izlab topdik.  

- O'zimni tanishtirishga ruxsat bering, men “Futbol Ekspress” gazetasining muxbiriman. Gazetamiz O'zbekistonda, Andijonda chop etiladi. Siz bilan suhbatlashish niyatida edik. Avvalo o'zingiz haqingizda to'xtalib o'tsangiz: qaerdansiz, futbol o'ynashni kimdan o'rgangansiz?
- Sochida tug'ildim, o'sha erda o'qidim va futbol o'ynashni boshlaganman. Dastlab bolalar jamoasida o'ynadim, keyinchalik ulg'aygach, katta yoshdagi jamoalar murabbiylari etiborini tortdim. 


- Yana bir savol: fuqaroligingiz qanday?
- Futbol borasidagi “fuqarolik”ka kelsak, armanman. Lekin Rossiya fuqarosi hisoblanaman.

- Aytingchi, bolaligingizdan boshlab futbolchi bo'lishni orzu qilganmisiz? Yoki ota-onangiz futbol maktabiga olib borishganmi?
- Ota-onam meni futbol maktabiga olib bormagan. Bolaligimdayoq ko'chada to'p tepib yurgan paytimdayoq kelajak hayotimni futbolsiz tasavvur qila olmasdim.

- Yaxshi bilamiz, o'tgan yili Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida o'ynagansiz. Sizni klubga kim taklif qilgandi?
- Menga jamoa bosh murabbiyi Abramovdan taklif kelgan. Uni olganimdan so'ng ko'rikka qatnashdim va meni jamoaga qabul etishdi.

- Odatda bizning ishqibozlar legionerlarni yoqtirishadi. “Lokomotiv”da uzoq qolmaganingizni sababi nimada?
- Garchi klub bilan tuzilgan shartnomam o'z kuchida bo'lsa-da, “Lokomotiv”ni tark etishim uchun shaxsiy manoda sabablarim bo'lgan. SHuning uchun jamoadan ketishimga to'g'ri kelgandi. O'z navbatida rahbariyatga buni tushuntirdim. Mutasaddilar holatimni his qildilar va “Lokomotiv”da o'ynaganim uchun minnatdorchilik bildirgan holda xayrlashdilar. Yana qaytaraman: ketishimning sababi shaxsiy muammolarga bog'liq bo'lgan.

- Demak, ketish haqidagi qaror sizning tashabbusingiz bilan chiqqan ekan-da?!
- Ha.

- Aytingchi, Toshkent shahri sizga yoqqanmi?
- Ha, juda ham yoqqan. Qolaversa, “Paxtakor”ga qarshi o'tkazilgan Superkubok bahsini yutganimiz xuddi kechagidek yodimda. Yurtingiz poytaxti juda ham chiroyli, odamlari ochiqko'ngil, mehmondo'st. Ayniqsa, bozorlaringiz menga juda manzur bo'lgan. “Oloy” bozorini aylanib o'zimni juda boshqacha his qilganim yodimda. Umuman, Toshkent va O'zbekiston menga juda manzur bo'lgan.

- O'zbekiston oliy ligasi haqida nima deya olasiz? CHempionatimiz saviyasi, jamoalarimizning kuchi to'g'risidagi fikringizni bilish ishqibozlarimizga juda qiziq tuyulgan bo'lardi.
- CHempionatingiz saviyasi chakki emas. Lekin aksariyat jamoalar kuchliroq raqiblariga nisbatan asosan himoyaviy taktika asosida to'p suradilar. Aytishim kerakki, shaxsiy manoda yurtingizdagi issiq havoga ko'nikishim qiyin bo'lgan. Qolaversa, aksariyat maydonlarning sifati talabga unchalik javob bermaydi. Umuman, bunday sharoitda to'p surish ancha mashaqqat tug'diradi.

- “Lokomotiv”da birga to'p surganlar bilan hamon aloqani saqlab kelasizmi?
- Aytishim kerakki, “Lokomotiv”da murabbiylar va sheriklarim bilan munosabatim yomon emasdi. Lekin ulardan birortasi bilan hozirgacha aloqani deyarli saqlab kelmayapman. Faqat bazi-bazida kim bilandir gaplashishim mumkin.

- Garchi yurtimizni tark etgan bo'lsangiz ham milliy chempionatimiz va o'zingiz to'p surgan “Lokomotiv” ishtirokidagi o'yinlarni kuzatib borasizmi?
- Bo'lmasam-chi! “Lokomotiv”ning CHempionlar ligasida chorak finalga etib kelganidan xabarim bor. Qita miqyosida bu juda yaxshi natija. Darvoqe, ayni chog'da klubni kim boshqaryapti?

- Andrey Miklyaev...
- Yelichich ham bormi?

- Ha, u ham “Lokomotiv”da ishini davom ettirmoqda.
- Bundan xursandman.


- Endilikda siz to'p surayotgan “SKA-Xabarovsk”ka ustozlik qilayotgan Aleksandr Grigoryan o'z vaqtida “Paxtakor”da ishlagan. Buni bilasizmi?
- Ha, buni o'zi ham gapirib bergandi.

- “SKA-Xabarovsk”dagi o'yinlaringiz statistikasini kuzatar ekanmiz, natijalar u qadar quvonarli emasligini ko'rish mumkin. Bor yo'g'i bitta gol, o'yinlarda tez-tez zaxiradan maydonga tushish...
- Ha, gapingiz rost. Bu murabbiylarning qarori. Lekin buning o'ziga yarasha sabablari borligini unutmaslik kerak. Oxirgi olti oy davomida menda jiddiy jarohat bor edi. To'g'ri, ish operaciya stoliga yotishgacha etib bormagan. Tez-tez zaxiradan maydonga tushishimning asosiy sabablari ham shunda. Aksiga olib o'yinlardan birida yana jarohat orttirib oldim.

- Nihoyat, o'tgan turda jamoangiz “Kuban” ustidan g'alaba qozondi. O'sha yutuq bilan tabriklashga ruxsat bering.
- Ha, uzoq kutilgan g'alabani qo'lga kiritdik. Bundan xursandmiz. Samimiy tabrigingiz uchun tashakkur. Futbolda har doim g'alaba qozonishning iloji bo'lmaydi. Har qanday klub bunday jarayondan o'tadi. Bilasizmi, o'yinni g'alaba bilan tamomlashimizga yaqin kelgan holatlarda durang bilan kifoyalanishimizga ham to'g'ri kelgan. SHunaqasi kishiga juda alam qiladi.

- Yuqorida aytib o'tganimdek, sobiq klubingiz “Lokomotiv” Osiyo CHempionlar ligasi chorak finaliga etib kelgan. Binobarin, uni o'zingiz ham kuzatib kelayotganingizni takidlab o'tdingiz. Nima deb o'ylaysiz, “Lokomotiv” ushbu turnirda finalgacha etib bora oladimi?
- Oldindan bir narsa deyish qiyin. Ammo “Lokomotiv”ga qitadagi eng nufuzli turnirda iloji boricha muvaffaqiyatli qatnashishi tarafdoriman. Ularga bu yo'lda omad tilab qolaman.

- O'zbekiston milliy birinchiligidagi ishtirokingizni ko'rdik. Tezligingiz, dribligingiz va zarbangiz chakki emas. Aytingchi, yurtimizdagi boshqa etakchi klublar – “Paxtakor”, “Nasaf” va “Bunyodkor”dan sizga qiziqish bo'lganmi?
- “Paxtakor”ning menga qiziqib qolgani haqidagi gaplar qulog'imga chalingandi.

- “SKA-Xabarovsk”ka qanday kelib qolgansiz?
- Bu juda sodda ko'rinishda amalga olshgan. Bosh murabbiy menga taklif bilan chiqdi va uni qabul qildim.

- O'zbekiston chempionati va Rossiya birinchi ligasi o'rtasidagi farqni his qildingizmi?
- Ha, albatta farq bor. Bu erda birinchi ligada aksariyat klublarning kuchlari teng. Mamlakatingizda esa asosan to'rt klub g'oliblik uchun kurash olib boradi. Qolganlar esa elitadagi o'rnini saqlab qolishga harakat qiladi. Albatta, birinchi va oliy liga o'rtasida farq bor. Bu erda klublar ko'proq. SHuning evaziga o'yinlar soni ham shunga yarasha.  

- Yaqinda Franciyada bo'lib o'tgan Evropa chempionatini kuzatdingizmi? Sir bo'lmasa qaysi terma jamoaga muxlislik qildingiz? Yoqtirgan futbolchingiz bormi?
- Rostini aytsam, turnirni kuzatish davomida ko'proq Portugaliyaga muxlislik qildim. Yakunda aynan ushbu terma jamoa chempionga aylandi. Savolingizning ikkinchi qismini esa ochiq qoldirishni afzal ko'rgan bo'lardim.

- Orzuingiz bormi?
- Bo'lmasamchi! Armaniston terma jamoasi bilan JCH saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib final yo'llanmalaridan biriga ega chiqishni istayman. Qolaversa, mundial o'yinlari men uchun qadrdon hisoblanadigan Sochida ham o'tkaziladi.

- Faoliyatingizdan qoniqish hosil qilyapsizmi?
- Yo'q, chunki kutilmaganda olingan jarohatlar tufayli o'zim istagandek to'p sura olmagan holatlarim etarlicha uchragan. Har qanday o'yinchi kabi men ham maydonda imkon qadar ko'proq to'p surishni istayman. Umumiy manoda aytadigan bo'lsam, taqdir inoyatini borligicha qabul qilishga harakat qilaman.

- Faoliyatingizni tamomlaganingizdan keyin qanday ish bilan shug'ullanmoqchisiz? Odatda aksariyat sobiq futbolchilar o'zlarini murabbiy rolida sinashni maqul ko'radilar. Siz uchun ham bunday istak begona bo'lmasa kerak.
- Keyinchalik bosh murabbiy sifatida ishlash yoki ishlamasligim mumkinligi borasida hozirdan biror narsa deyishga qiynalaman. Lekin shunisi aniqki, butsalarimni mixga ilganimdan keyin ham futbolda qolaman. Axir shu kunga qadar hayotim ushbu o'yin bilan bog'liq bo'lib kelmoqda. O'zimni boshqa sohada tasavvur qila olmasam kerak.


- Agar O'zbekiston chempionati ishtirokchilaridan biridan taklif keladigan bo'lsa, qanday yo'l tutasiz?
- Agar munosib taklif kelsa uni bajonidil qabul qilishga tayyorman.

- O'zbekistonlik hakamlar haqida nima degan bo'lardingiz?
- Hakamlarning saviyasi yuqori. O'yinlarni imkon qadar yaxshi boshqarishga harakat qilganlariga o'zim ko'p guvoh bo'lganman. Muhimi, ular maydonda raqiblarning mushtlashib ketishlariga yo'l qo'ymaydilar.

- O'zbekistondagi faoliyatingizdan qanday taassurotlar qolgan?
- Juda yaxshi, ijobiy. Yuqorida aytib o'tganimdek, Toshkent o'zining chiroyi bilan menda katta taassurot qoldirgan.

- Tasavvur qilaylik, agar “SKA-Xabarovsk” O'zbekiston chempionatida ishtirok etganida qanday o'rinlarga davogarlik qilgan bo'lardi?
- O'ylaymanki, birinchi o'rinni qo'lga kiritishga intilardi.

- Yaqinda butun O'zbekiston o'zining Mustaqillik kunini nishonlaydi. Bilsangiz kerak, 1 sentyabr kuni O'zbekiston mustaqil bo'lganiga 25 yil to'ladi. O'zbek xalqiga tilaklaringiz bo'lsa marhamat..
- Darhaqiqat, butun o'zbek xalqini yaqinlashib kelayotgan ajoyib sana – Mustaqillik bayramining 25 yilligi bilan qizg'in qutlab qolaman. Yurtingizga barcha jabhalarda o'sishda davom etishiga tilakdoshman. Binobarin, futbol borasida ham.

- Suhbatlashish uchun vaqt ajratganingiz uchun sizga ham o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Kelgusi faoliyatingizda omad yor bo'lsin.
- Rahmat. Men bilan bog'langaningiz uchun ham sizdan minnatdorman.


FIRDAVSXON  

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика