Ruslan Koryan Armaniston terma jamoasida 9-raqamda o'ynaydi
26 mar 2015 16:09
Yangiliklar

Ruslan Koryan Armaniston terma jamoasida 9-raqamda o'ynaydi
29 mart kuni Albaniyaning Elbasan shahridagi "Elbasan Arena" stadionida Evro-2016 saralashi doirasidagi Albaniya - Armaniston uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ushbu o'yinga Toshkentning "Lokomotiv" klubi hujumchisi Ruslan Koryan ham taklif etilgan. Armaniston terma jamoasi safida debyut qilishi kutilayotgan Koryan kuni kecha OAV vakillariga tanishtirildi. U bilan birga Gael Andonyan ham termaga birinchi marta taklif etildi. AFF prezidenti Ruben Ayrapetyan Andonyanga 2, Ruslan Koryanga 9-raqamli futbolkalarni topshirdi.
Armaniston terma jamoasi 27 mart kuni Erevandan Tiranaga charter reys orqali uchib ketadi. Albaniya - Armaniston uchrashuvi 29 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.
Koryan terma jamoa safidagi dastlabki mashg'ulotini ham o'tkazishga ulgurdi. Malumot uchun, Armaniston terma jamoasi Evro-2016 saralashi doirasida 3ta o'yin o'tkazib 1 ochko to'plagan.

N |
Komandy |
I | V | N | P | M | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | DANIYA | 4 | 2 | 1 | 1 | 6-4 | 7 |
2 | PORTUGALIYA | 3 | 2 | 0 | 1 | 2-1 | 6 |
3 | ALBANIYA | 3 | 1 | 1 | 1 | 2-4 | 4 |
4 | SERBIYA | 3 | 1 | 1 | 1 | 5-4 | 1 |
5 | ARMANISTON | 3 | 0 | 1 | 2 | 2-4 | 1 |

Fikrlar