Rushtu Rechber: "Hayotimdagi eng og'ir damlarni o'tkazdim"
12 apr 2020 16:14
Yangiliklar
Rushtu Rechber: "Hayotimdagi eng og'ir damlarni o'tkazdim"
Turkiya terma jamoasi afsonalaridan biri Rushtu Rechber o'z sog'lig'i haqida malumot berdi.
Sobiq darvozabon koronavirusga chalinib, kasalxonada og'ir holatda qolgan va 6 aprel kuni esa salomat holatda o'z uyiga jo'natilgandi.
"Holatim yaxshilanyapti. Organizmim zaiflashib qolgandi, chunki o'rtada oddiy bo'lmagan davolanishni boshimdan o'tkazgandim. Hozir barchasi yaxshi. Yaratgandan minnatdorman. Endi uyda 15 kun davomida barchasini oydinlashtiramiz. Ayta olaman, hayotimdagi eng og'ir damlarni boshimdan o'tkazdim", - dedi Ryushtu.
Rechber Turkiya termasi tarkibida 120ta o'yin o'tkazgan. SHuningdek, u "Fenerbaxche", "Beshiktosh", "Barselona" kabi jamoalar tarkibida ham faoliyat olib borgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)
Хитой компанияси "Истиқлол" стадионини реконструкция қилиш ва кенгайтириш бўйича лойиҳа таклиф этди
Туркманистон терма жамоаси футболчиси "Арал"га ўтди
Fikrlar