Runi Tuxelning Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgani haqida: "Xayron qoldim..."
18 okt 2024 15:33
Yangiliklar
Runi Tuxelning Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgani haqida: "Xayron qoldim..."
Ueyn Runi Tomas Tuxelning Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lganiga munosabat bildirdi.
"Men xayron qoldim. U juda yaxshi murabbiy, ammo Angliya futbol associaciyasi aynan uni tanlaganidan xayron qoldim. Tomasga omad tilayman, barchasi amalga oshadi deb umid qilaman.
Oxirgi 10-15 yilda yosh murabbiylar etishib chiqayotgandi. SHu sabab AFA nima uchun mahalliy murabbiylardan birini tanlamaganiga xayron bo'ldim.
Ammo qaror qabul qilindi va men Tomasga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Umid qilamanki, u qo'yilgan vazifalarni bajaradi", – dedi Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar