Runi Tuxelning Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgani haqida: "Xayron qoldim..."

Narzulla Saydullayev
18 okt 2024, 15:33
Ueyn Runi Tomas Tuxelning Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lganiga munosabat bildirdi.

"Men xayron qoldim. U juda yaxshi murabbiy, ammo Angliya futbol assotsiatsiyasi aynan uni tanlaganidan xayron qoldim. Tomasga omad tilayman, barchasi amalga oshadi deb umid qilaman.

Oxirgi 10-15 yilda yosh murabbiylar yetishib chiqayotgandi. Shu sabab AFA nima uchun mahalliy murabbiylardan birini tanlamaganiga xayron bo'ldim.

Ammo qaror qabul qilindi va men Tomasga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Umid qilamanki, u qo'yilgan vazifalarni bajaradi", – dedi Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com