Runi: "Manchester Yunayted"dagi barcha yangi mavsumda sovrin yutishimizga ishonmoqda"
26 iyu 2015 13:14
Yangiliklar
Runi: "Manchester Yunayted"dagi barcha yangi mavsumda sovrin yutishimizga ishonmoqda"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runining fikricha, yangi mavsumda jamoa Angliya chempionligi uchun kurasha oladi.
"Kelasi mavsumda chempionatda g'olib bo'lish uchun kurasha olishimizga ishonaman. O'tgan mavsumdagi birinchi 10-11 uchrashuvga qarasangiz, biz bor-yo'g'i 13 ochko yiqqanimizni ko'rasiz. Ammo mavsumni to'rtinchi o'rinda yakunladik. Premer-ligada ko'plab jamoalarni mag'lubiyatga uchratdik, ammo doimo muvaffaqiyatga erisha olmadik.
Asosiysi - yigitlar, murabbiy va men to'g'ri yo'ldaligimizga ishonamiz. Yangi xaridlar tufayli sovrin yutish uchun yaxshi imkoniyatimiz bor. Qancha ko'p sovrin yutsak, shuncha yaxshi. "Manchester Yunayted"dek klub kuboklarni qo'lga kiritishi lozim. Yangi mavsumda bu sodir bo'ladi deb umid qilaman" - deydi Runi.
Fikrlar