Runi - ingliz muxlislariga: "Tartibga rioya qiling"
13 iyu 2016 18:24
Yangiliklar
Runi - ingliz muxlislariga: "Tartibga rioya qiling"
Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn runi uelsliklarga qarshi Evro-2016 guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi oldidan jamoa muxlislariga murojaat qildi.
"Rossiyaga qarshi bahsda bizni qo'llab turgan Angliya terma jamoasi muxlislariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Oldinda uelsliklarga qarshi uchrashuv bor. Muxlislarimizga murojaat qilmoqchiman. Yigitlar, iltimos, agar sizda Lansda bo'ladigan o'yin uchun chiptangiz bo'lmasa, u erga bormang. CHiptalilarga shuni aytaman: Tartibga rioya qilib, bizni qo'llashda davom eting" - deydi Runi.
Fikrlar