Runi ichishni tashlash uchun mutaxassis yolladi
14 avg 2019 16:51
Yangiliklar


Runi ichishni tashlash uchun mutaxassis yolladi
Yaqindagina "Derbi Kaunti" bilan shartnoma imzolagan Ueyn Runi ichishni tashlash maqsadida mutaxassis yolladi.
Runi bu ishni spirtli ichimliklardan voz kechish va turmushini saqlab qolish uchun qilgan.
"Ueynning AQSHda juda ham ko'p ichishi xotini bilan munosabatlariga putur etkazgan. Ammo u oktyabrda uyiga qaytganida, hammasini to'g'irlash niyatida. Oldinroq esa xotini ham unga ichishni tashlashini aytgan, ammo Runi buni eshitishni xohlamagan", - deyiladi xabarda.
Runi "Everton" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2004 yilda MYUga 37 million evro evaziga o'tgan.
Futbolchi "qizil iblislar" safida 559ta o'yinda maydonga tushib, 253ta gol va 146ta assistga erishgan. Uning so'nggi klubi esa AQSHning "Di Si Yunayted" klubi bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar