Runi fondi Manchesterdagi bolalar kasalxonalariga 1,2 mln. funt ajratdi
20 jan 2017 18:14
Yangiliklar
Runi fondi Manchesterdagi bolalar kasalxonalariga 1,2 mln. funt ajratdi
2016 yilning avgust oyida "Old Trafford" stadionida "Manchester Yunayted" hamda "Everton" o'rtasida Ueyn Runining MYUdagi 12 yilligiga bag'ishlangan xayriya uchrashuvi bo'lib o'tgan edi.
CHiptalardan tushgan pul Ueyn Runi fondiga tushishi va ular Manchesterdagi bir nechta bolalar kasalxonalariga ajratilishi kerak edi.
Malumotlarga ko'ra, o'sha bahsdan 1,2 mln. funt foyda tushgan. Barcha pullar kasalxonalarga hadiya qilindi.
"O'sha uchrashuvga kelib, o'yinni o'zgacha o'tishiga yordam bergan barchaga rahmat aytaman. Og'ir holatda bo'lgan bolalarga yordam berish uchun etarli darajada pul to'pladik. Bu ularning hayoti uchun katta ahamiyatga ega" - deydi Runi.
2017 yilda Ueyn Runi fondi 5 mln. funt ishlab, bu pullarni xayriya qilishni rejalashtiryapti.
O’xshash yangiliklar
22:52
Ueyn Runi: "Bouenning o'rniga Evropa chempionatiga boshqa futbolchini olib ketgan bo'lardim" 5
14:56
Runi Islandiyaga mag'lub bo'lgan Angliya haqida: "Angliya - Evroning eng yaxshi jamoalaridan biri" 5
Fikrlar