Runi faoliyatini yakunlaganidan so'ng murabbiy bo'lmoqchi
15 noy 2018 17:45
Yangiliklar


Runi faoliyatini yakunlaganidan so'ng murabbiy bo'lmoqchi
Faoliyatini AQSHda yakunlamoqchi bo'lgan "Di-Si Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi kelajakda murabbiy bo'lishni istayotganini aytdi.
Uning "Manchester Yunayted"dagi sobiq jamoadoshlari Maykl Kerrik va Rayan Giggz Runiga kelajagi haqida savol berdi.
"Murabbiy bo'lishni istayman, menga shu qiziq" - deydi Runi.
Runi 2016 yilda Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi. U milliy jamoa safida 119ta uchrashuv o'tkazib, 53ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. 15 noyabr kuni "Uembli"da 33 yoshli futbolchi sharafiga AQSHga qarshi bahs o'tkaziladi. Bu Ueyn uchun milliy jamoadagi 120-o'yin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar