Runi: "Angliya Belgiyaga yutqazib, o'z imkoniyatlarini yaxshilab oldi"

Mirjalol Normatov
1 iyul 2018, 15:26
Angliya termasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi inglizlarning mundialdagi ishtiroki haqida gapirdi.

"Mundialdan chiqib ketgan termalarni bir yodga oling. Balki shu sababli Angliyaning mundialda g'olib bo'lishi uchun imkoniyatlari yaxshidir. Terma dastlabki ikki o'yinni a'lo darajada o'tkazdi.

Belgiyadan uchralgan mag'lubiyatda ikki tomon ham futbol o'ynashni istamadi. Angliya yutqazib, o'z imkoniyatlarini yaxshilab oldi. Bu biz uchun ijobiy bo'lishi mumkin", - dedi Runi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FOX