Rummenigge: "Sansheshning tug'ilgan yilini tasdiqlovchi hujjatlar bor"

Aslanov Jasurbek
1 avg 2016, 12:43
"Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummeniggening so'zlariga ko'ra, nemis grandi Renatu Sansheshning 1997 yilda tug'ilganiga shubha qilmaydi.

Oldinroq mashhur fransiyalik mutaxassis Gi Ru Sansheshning haqiqiy yoshi 23-24 yoshda edi. Keyinroq u Portugaliya terma jamoasi futbolchisidan uzr so'radi.

"Biz Sansheshning yoshini tekshirib ko'rdik. Uning tug'ilgan yilini tasdiqlovchi hujjatlar bor. Masalan, tug'ilganlik haqidagi guvohnoma. Bundan tashqari, surat va videolar mavjud" - deydi Rummenigge.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Münchner Merkur