Rummenigge Salahni "afrikalik Messi" deb atadi
10 fev 2021 11:00
Yangiliklar


Rummenigge Salahni "afrikalik Messi" deb atadi
"Bavariya" klubi boshqaruv raisi Karl-Xaync Rummenigge "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salah haqida gapirdi.
"Salah - afrikalik Messi. Misrlik dunyoning eng yaxshi jamoalarida o'ynashi mumkin. Biz hozirda u bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapmiz, ammo bunday futbolchining kelishi biz uchun g'urur", - deydi Rummenigge.
Muhammad Salah joriy mavsum barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 4ta assist qayd etdi.
U mersisaydliklar tarkibida 2017 yildan beri o'ynaydi. U APL doirasidagi 143ta o'yinda maydonga tushib 91ta gol va 36ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
05:02
Klublar o'rtasidagi JCH. “Bavariya“ chorak finalda. Bizni chorak finalda dahshat uchrashuv kutmoqda 8

Fikrlar