So’nggi yangiliklar

08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  0 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  1 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9

Rufat Akramxo'jaev: "NBU-Osiyo" mavsumni yaxshi boshladi" Yangiliklar

Rufat Akramxo'jaev: "NBU-Osiyo" mavsumni yaxshi boshladi"

Mamlakatimizda futbol mavsumi ham tobora qizib bormoqda.
Oliy liga qatori quyi birinchi ligada ham bahslar murosasiz tarzda o'tmoqda. Mana hozirgi kunga kelib, 5 - tur o'yinlari yakunlandi. SHarq mintaqasida kurash olib borayotgan “NBU-Osiyo” jamoasi hozirda to'rt g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etib, peshqadamlar safida bormoqda. Biz jamoa murabbiyi Rufat Akramxo'jaev bilan uchrashib, o'tkazilgan turlar va chempionat starti borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdik.
 
- CHempionat starti va erishilgan natijalar ijobiy ko'rinish olmoqda shogirdlaringiz harakatidan qoniqish hosil qilyapsizmi?
-   Albatta, qaysidir manoda chempionat startidagi ishtirokimiz qoniqarli deb ayta olaman. Lekin jamoada xali qilinadigan ishlar juda ko'p. Asta-sekin bu borada ish olib bormoqdamiz.

- “Uz DongJu”dan uchralgan mag'lubiyat haqida qanday fikr bildira olasiz?
-   Futbolda o'ziga xos mag'lubiyatlar ham bo'lib turadi. Ikki bo'lim mobaynida tashabbus deyarli biz tomonda bo'ldi. Ko'plab vaziyatlarni yuzaga keltirdik. Afsuski, hujumni yakunlashda aniqlik etishmadi.

- O'sha uchrashuvdagi 11 metrlik jarima to'pi borasidagi xulosangiz?
-   50 ga 50 tarzdagi vaziyat edi deb o'ylayman. Yaqqol qo'pollik emasdi. Ayniqsa,  90+5-daqiqada bunday holatda ko'pchilik hakamlar boshqacha qaror chiqarardi. Lekin bu bilan hakamlarni ayblamoqchi emasman. Ular ham inson adashishlari mumkin. O'sha uchrashuvdagi mag'lubiyatimizning sababi imkoniyatlarimizni ko'kka sovurganligimizda.

- Hujumlarni yakunlashda aniqlik etishmasligi, qolaversa, asosan gollarni yarim himoyachi va himoya vakillari kiritayotganligi, g'alabalar asosan kichik hisobda qo'lga kiritilayotganligi jamoada hujumchilar muammosi borligini ko'rsatayotgandek taassurot uyg'otmoqda?

-   Darhaqiqat, hujumchilar muammosi bor. Aleksandr Lupashkoda ko'plab imkoniyatlar bo'lmoqda. Afsuski, bu borada u o'z o'yinini topa olmayapti. Akmal Ergashev esa, Andijondagi o'yinda jarohat olgan. Qolaversa, uning harakatlari ham biroz bizni qoniqtirmay turibdi. Lekin barcha hujumchilarda imkoniyat bor. CHempionat endigina boshlandi. Ular bilan ko'proq ishlashga harakat qilamiz. Agar, ishlar ko'ngildagidek bo'lmasa, hujum chizig'ida jiddiy o'zgarishlar qilamiz.

- Tarkibda Olim Navkarov kabi tajribali hujum chizig'i vakili bor. Uning tajribasidan ko'proq foydalansa balki bu muammo bartaraf qilinar?
-   Albatta Olim Navkarovning tajribasiga shubxa yo'q. Lekin u yaqindagina og'ir jarohatdan qutuldi. Uning o'z jismoniy xolatini to'la tiklay oldi deb ayta olmayman. Lekin, asta-sekinlik bilan o'z ustida ishlab, yaxshi sport formasiga kirib borishga harakat qilmoqda. Tez orada u to'laqonli kuchga kirsa, hujumda chizig'ida  ham yaxshigina imkoniyatga ega bo'lamiz. Qolaversa, jamoada Davron Valijonov kabi oldingi chiziq vakiliga ham egamiz. Undan ham umidimiz katta.

- Tarkibda yana Leonid Koshelev va Muzaffar Umrzoqov kabi oliy liga xadisini olgan tajribali futbolchilar bor. Ularning harakatlari borasidagi fikrlaringiz qanday?

-   SHubhasiz. Har ikkala futbolchi jamoadagi yoshlarga namuna bo'lishmoqda. Mashg'ulotlar jarayonida ham, chempionat doirasidagi uchrashuvlarda ham jamoa etakchilari kabi harakat qilishmoqda. Aksariyat o'yinlarda ularning sayi-harakatlari tufayli yaxshi vaziyatlarni yuzaga keltirmoqdamiz. Qolaversa, jamoada tajriba va yoshlik shijoati uyg'unlikda bo'lgani yaxshi samara beradi deb o'ylayman.

- Mavsum avvalida jamoa asosiy urg'uni yoshlarga qaratish maqsadida ikkinchi ligada ham o'z yoshlari bilan ishtirok etmoqda. Ular orasida birinchi bosqich yakunlangandan so'ng, asosiy tarkibga qo'shilishi mumkin bo'lganlar bormi? Qolaversa, ikkinchi ligadagi natijalar qanday bo'lmoqda?
-   Albatta, bizning maqsadimiz ham asosan iqtidorli yosh futbolchilarga imkoniyat berish va yurtimiz futboli rivojiga xissa qo'shuvchi yaxshi futbolchilar tayyorlashdir. SHuning uchun ham ikkinchi ligada yoshlarimiz bilan ishtirok etayapmiz. Bu borada ham ko'z ostimizga olganlar bor. Ularning harakatlarini kuzatib borayapmiz. Albatta o'z ustilarida ishlab, o'yin saviyasini oshirib borishsa, birinchi bosqichdan so'ng, ularni asosiy tarkibga qo'shib olamiz. Natijalar borasida to'xtalsam,uchta  uchrashuvda maydonga tushib, bir marotaba g'alaba qozonishdi. Ikki o'yinda esa, afsuski mag'lubiyatga uchrashdi. Jamoa xali yosh, endigina tashkil etildi. Turdan-turga o'yin saviyasi yaxshilanib boradi deb o'ylayman.

- Asosiy tarkibdagi yoshlar Eldor CHoriev, Idris Bikmaykinlar o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlashmoqdami?
-   Ularning harakatlaridan qoniqish xosil qilmoqdaman. Ishtiyoqlari yuqori. Gol ham urishdi. Ularda iqtidor bor. Faqatgina to'xtab qolmaslik kerak.

- G'arb mintaqasidagi o'yinlarni kuzatib borayapsizmi? Umuman har ikkala mintaqadagi jamoalarning qay birlarida imkoniyat yuqori?
-   To'liq fikr bildirishga biroz erta bo'lsa kerak. CHunki, oldinda ko'plab o'yinlar bor. G'arb mintaqasini ham kuzatib borayapman. “Orol”, “Xorazm” jamoalarining imkoniyatini yuqori baxolayman. Umuman olganda bir-xil saviyadagi jamoalar juda ko'p. Lekin nomlarni inobatga oladigan bo'lsak, “Oq-tepa”ni alohida takidlab o'tsa bo'ladi.

- CHempionat avvalida maqsadimiz yaxshi ishtirok etib, bizga ishonganlarni oldida yuzimiz yorug' bo'lish qabilida gapirib o'tgandingiz. Mana 5-tur yakunlandi natijalar ajoyib, balki endi yuqori maqsadlar paydo bo'lgandir?

-   CHempionat avvalida qanday maqsad va vazifalarni ilgari surgan bo'lsak, xali xam maqsad shundan iborat. Yuqorida ham takidlab o'tganimdek, asosiy urg'u yoshlarga qaratiladi.


Ahmad Eshmatov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика