So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  3 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  3 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  2 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  6 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  55

Rufat Akramxo'jaev: “Zomin” bilan o'yinda omad bizdan yuz o'girdi” Yangiliklar

Rufat Akramxo'jaev: “Zomin” bilan o'yinda omad bizdan yuz o'girdi”

Kecha birinchi liganing ikkinchi bosqich 11-turidan o'rin olgan “NBU-Osiyo” – “Zomin” bahsida mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchib, qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritdi.

O'z maydonida osonlikcha taslim bo'lmaydigan “bankirlar”ning ushbu muvaffaqiyatsiz o'yinidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Rufat Akramxo'jaev quyidagilarni takidladi.

- Uchrashuv jangavor va keskin kurashlar ostida o'tdi. Bungacha har ikki jamoa ham turnir jadvalida yonma-yon o'rin egallab turgandi. Pricipial raqibimiz bo'lmish “Zomin”ni har qanday vaziyatda ham yutishimiz zarur edi. SHu bois o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rib, jiddiy qaragandik. Ammo bizning kunimiz emas ekan, yakunda omad yuz o'girdi.

- Gol urish uchun bir qancha vaziyatlarni yuzaga keltirgan bo'lsakda, ularni muvaffaqiyatli yakunlay olmadik. Bunga mehmonlarning posboni yo'l qo'ymadi degan fikrdan yiroqman. SHunchaki biz o'zimiz aniq xarakat qilmadik. Omad kelmasa barisi bekor deb bejizga aytishmas ekan.

- O'yin juda murosasiz ruhda va keskin to'qnashuvlarga boy tarzda kechdi. Zominlik futbolchilar haddan ziyod qo'pol o'yin ko'rsatishdi. Bahs poyoniga etib borayotganida etakchi o'yinchimiz Leonid Koshelevga nisbatan raqib futbolchisi havodagi to'p uchun kurashda, jiddiy jaroxat etkazdi. Qolaversa o'sha futbolchining o'zi ham jabr chekdi. Bu kabi ochiqdan-ochiq qo'pollik ishlatadigan futbolchilarni kerak bo'lsa, umrbod futboldan diskvalifikaciya qilish joiz deb o'ylayman.

- Bu –futbol. Endi keyingi o'yinga etibor qaratgan xolda, xatolar ustida ishlaymiz va qimmatli ochkolarni qaytarish uchun bor kuchni beramiz –deydi Rufat Akramxo'jaev.

Islombek Rustambekov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика