So’nggi yangiliklar

19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  0 19:20Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси БААда халқаро турнирда иштирок этади  1 18:38Тебас ЕЧЛ янги формати ҳақида: "Вазиятни янада ёмонлаштиришди. Клублар ўртасидаги тафовут ортиб кетяпти"  3 17:50Гвардиола: "Винисиус "Олтин тўп"га лойиқ эди"  16 17:24Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Осиё чемпионати финалига чиқди!  12 17:10Назорат учрашуви. "Машъал" Про лига клубига мағлуб бўлди  3 16:21Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар CAFA турнирида иш олиб бормоқда  2 15:35"Динамо"нинг БАА йиғинидаги рақиблари маълум  5 15:11ЕЧЛ. "Манчестер Сити" - "Реал" ва бошқа ўйинлар учун УЕФАнинг тахминий таркиблари  64 14:54Расмий хабар: Норчаев "Насаф"га қайтди  13 14:29МЮ Каземирога клуб топди   5 14:00Далот: "МЮ АПЛ чемпионлигини қўлга кирита олади"  9 13:33Жалолиддин Машарипов қачон қайтади? "Истиқлол" шифокори бу саволга жавоб берди  5 13:12Гвардиола: "Мени ишдан бўшатишлари мумкинлигига ишонмайман"  10 12:35Қирғиз Республикаси терма жамоаси асосий ҳужумчиси бир ойга сафдан чиқди  9

Rufat Akramxo'jaev: "Birinchi bo'limda futbolchilarni tanib bo'lmadi" Yangiliklar

Rufat Akramxo'jaev: "Birinchi bo'limda futbolchilarni tanib bo'lmadi"

Coca Cola Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Lokomotiv" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Rufat Akramxo'jaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Lokomotiv" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida aytadigan bo'lsam, birinchi bo'limda jamoamiz futbolchilarini umuman tanib bo'lmadi. Xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglashga harakat qildik. O'rta chiziqda o'yinimiz qovushmagani, kerakmas vaziyatlardagi xatolar, muhim pallalarda to'pni yo'qotilgani mag'lubiyatga sabab bo'ldi.




Bir-ikki vaziyatda raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun imkoniyatimiz bo'ldi, afsuski foydalana olmadik. Bugun stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga xursandchilik ulasha olmadik. 

SHuni aytmoqchiman, har bir futbolchi maydonga tushganidan so'ng masuliyatni his qilishi kerak. Vaziyatlarni sezishi kerak, bor kuchi bilan o'ynashi kerak. Bir-ikki chiziqda oqsoqlanish kuzatilsa vaziyatni o'nglash qiyin bo'ladi. Zahira o'rindig'imiz tor, shu sabab bazi futbolchilarni almashtirishga qiynaldik. Albatta vaziyatni o'nglashga, navbatdagi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz",- deydi Rufat Akramxo'jaev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика