Rufat Akramxo'jaev: "Alamli gol o'tkazib yubordik"
01 apr 2021 21:47
Yangiliklar
Rufat Akramxo'jaev: "Alamli gol o'tkazib yubordik"
O'yin haqida
- "So'g'diyona"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin biz uchun ham omadli, ham omadsiz bo'ldi. Bugun yutib ketishimiz yoki durang o'ynashimiz ham mumkin edi. So'ngi daqiqalarda jarima zarbasidan alamli gol o'tkazib yubordik.
Penaltilar to'g'ri qo'yildi deb o'ylayman, video takrorlarda ko'rgan bo'lsalaring kerak. Bugungi o'yin hakamlariga etirozim yo'q. Bu futbol.
Bugun tarkib borasida ozgina o'zgarish qildik. Zaxiradan tushirilgan futbolchilar o'yinni kuchaytirishiga ishongandik. Hisob tenglashganda himoyaviy o'yin tashkil qildik. CHunki "So'g'diyona" ko'p hujum tashkil etayotgandi, himoya chizig'imizni mustahkamlashimiz zarur edi. Bu qarshi hujumda o'z natijasini berdi, ikkinchi penaltini ishladik. Afsuski, golga aylanmadi.
- Bugun jamoangiz ko'rsatgan o'yindan qoniqdingizmi?
- Jamoamiz bugun to'liq o'z o'yinini namoyish etdi deb ayta olmayman. Bu xolat bo'yicha tahlil qilamiz, Murabbiylar shtabi bilan bugungi o'yinimizni ko'rib chiqamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar