Rudi Fyoller: "Xyupiya bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz"
10 fev 2014 17:11
Yangiliklar

Rudi Fyoller: "Xyupiya bilan shartnomani uzaytirmoqchimiz"
"Bayer" sport-direktori Rudi Fyoller jamoa bosh murabbiyi Sami Xyupiya bilan shartnoma uzaytirilishi mumkin ekani haqida aytib o'tdi.
"Sami jamoamiz uchun juda muhim shaxsga aylanib ulgurdi. U boshqa murabbiylarga o'xshamaydi. Samining ish uslubi tamomila o'zgacha. Qolaversa, Xyupiya ishga katta masuliyat bilan yondashadi. Bu futbolda juda muhim jihat sanaladi. Biz uning "Bayer"da ekanidan xursandmiz. O'ylashimcha, u ham biz bilan ekanidan mamnun. Rahbariyat hozirda uning shartnomasini uzaytirish haqida o'ylamoqda", - dedi Rudi Fyoller.
Eslatib o'tamiz, finlandiyalik murabbiy 2012 yildan buyon "Beyer"da faoliyat yuritib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi esa 2015 yilda o'z nihoyasiga etadi. Ammo uning qo'l ostida "dorishunoslar" yaxshi natijalar qayd etishmoqda. Jamoa bundesligada ikkinchi o'rinda bormoqda. CHLda esa nimchorak finalga etib kelgan. SHuni inobatga olgan "Bayer" rahbariyati murabbiy bilan tuzilgan shartnomani yakuniga etib ulgurmasdan uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar