So’nggi yangiliklar

07:11Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Атлетико" муҳим ғалабани қўлга киритди  0 02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  21 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  20 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  2 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  7 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6

"Rubin" futbol klubi Birinchi ligadan chetlatildi Yangiliklar

"Rubin" futbol klubi Birinchi ligadan chetlatildi

Teglar :  RubinBirinchi liga
O'zbekiston Professional futbol ligasi Ijroiya qo'mitasining 2021 yil 6 iyul kunidagi 03-sonli yig'ilish bayoniga asosan "Rubin PFK" futbol klubi O'zbekiston Professional futbol ligasi qatnashchilari safidan chiqarildi.

«Rubin» futbol klubi O'zPFL tomonidan belgilangan talablarni o'z vaqtida bajarmagani, shuningdek, «2021 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti»ning 7.1-bandi talablarini belgilangan tartibda amalga oshirmagani uchun O'zPFL qatnashchilari safidan chiqarildi. 

«Rubin» futbol klubi 2019 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarida ishtirok etish uchun qatnashchilar safiga shartli ravishda qabul qilingan edi. Biroq hozirga qadar futbol klubi qator majburiyatlarni bajarishda qiyinchilikka duch keldi. Jamoa o'zining uy uchrashuvlarini o'tkazadigan muqim stadionga ega emasligi sabab, o'tgan ikki mavsum davomida stadionlarni uzluksiz o'zgartirib keldi. O'zPFL bu masalada futbol klubini istisno tariqasida qo'llab-quvvatlab kelgan bo'lsada, klub bir necha ogohlantirishlarga qaramay o'sha stadionlarda futbol uchrashuvlarini tashkil etish masalalarida qator kamchiliklarga yo'l qo'ydi. 

Klubning moliyaviy imkoniyati inobatga olinib, O'zPFL 2021 yilning 3 aprel kuni klub rahbariyati ishtirokida majburiyatnoma imzoladi. SHuning asosida 2021 yil 5 iyun kuni Birinchi liga musobaqasining 9-turi doirasidagi «Jizzax-bars» — «Rubin» futbol klublari o'rtasidagi uchrashuv hamda 12 iyun kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan Birinchi liga musobaqasining 10-turi doirasidagi  «Rubin» — «Lokomotiv-BFK» futbol klublari o'rtasidagi uchrashuvlarda «Rubin»ga texnik mag'lubiyat yozildi.

«Rubin» klubi aniq moliyalashtirish manbasiga ega emasligi hamda yarim professional futbol klublari uchun qo'yilayotgan talablar mazkur futbol klubi uchun og'irlik qilayotgan kelib chiqib, unga hududiy associaciyalar tomonidan o'tkazib kelinadigan quyi liga musobaqalarida ishtirok etishi tavsiya etiladi.  

«Rubin PFK» futbol klubini qatnashchilar safidan chiqarilgani munosabati bilan mazkur futbol klub va futbolchilar o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari muddatidan oldin bekor qilingan holatda ularning boshqa futbol klublari bilan imzolagan mehnat shartnomalarini O'zbekiston Professional futbol ligasidan ro'yxatdan o'tkazilishiga ruxsat beriladi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика