RPL. “Torpedo” safarda jangovar durang o'ynadi, Erkinovdan esa golga teng assist
03 okt 2022 09:16
Yangiliklar


RPL. “Torpedo” safarda jangovar durang o'ynadi, Erkinovdan esa golga teng assist
Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Hojimat Erkinov 64-daqiqada raqib jarima maydoni ichida ajoyib harakat qildi va to'pni o'z vaqtida jamoadoshi Igor Smolnikovga oshirdi, u esa zarbada adashmadi hamda moskvaliklarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Qayd etish joizki, 21 yoshli o'zbekistonlik chempionatdagi 10-o'yinida dastlabki pasini o'z hisobiga yozdirdi. “Torpedo” turnir jadvalida 5 ochko bilan autsayder bo'lib turibdi.
"Fakel" – "Torpedo" 2:2 (2:1, 0:1)
"Centralniy stadion profsoyuzov"
Gollar: 0:1 – 28 Lebedenko, 1:1 – 41 Appaev, 2:1 – 44 Bojin, 2:2 – 64 Smolnikov.
"Fakel" – Svinov, Morozov, Bojin, Suslov, SHlyakov (Magal, 71), Kvekveskiri, Mendel (Dmitriev, 82), Kalinin, Akbashev, Gongadze (Maksimov, 66), Appaev.
"Torpedo" – Baburin, SHapich, Kojemyakin (Proshkin, 90), Kutepov, Smolnikov, Enin (CHurich, 46), Savich, Roganovich, Karaev (Sultonov, 73), Erkinov (Le Tallek, 85), Lebedenko (Turishhev, 73).
Ogohlantirishlar: SHapich (18), Roganovich (54), Savich (60), Erkinov (74).
CHetlatish: SHapich (83).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar