So’nggi yangiliklar

08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  6 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  24 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5

RPL. "Rubin" maydonida g'alaba qozongan "Spartak" ikkinchi o'ringa ko'tarildi Yangiliklar

RPL. "Rubin" maydonida g'alaba qozongan "Spartak" ikkinchi o'ringa ko'tarildi

Teglar :  RubinRPL"Spartak"
Mazkur sahifa orqali RPL 8-turidan o'rin olgan "Rubin" - "Spartak" uchrashuvining matnli translyaciyasi bilan tanishib borishingiz mumkin.

Rossiya chempionati, 8-tur

Rubin – Spartak 0:2 

20 sentyabr, 18.30, «Ak Bars Arena»

Gollar:

0:1 – 4 Larsson, 0:2 – 21, avtogol Merkulov.

Rubin – Medvedev, Merkulov (Uremovich, 53), Begich, Starfelt (Bakaev, 77), Zuev (Ignatev, 67), Kvaracxeliya, Makarov, Abilgor, Evtich, SHatov, Despotovich.

Spartak – Maksimenko, Kutepov, Djikiya, Maslov, Ayrton, Zobnin, Kral, Umyarov (Eshhenko, 77), Bakaev (O'runov, 76), Ponse (Sobolev, 88), Larsson (Gaponov, 62).

Ogohlantirishlar:

Kvaracxeliya (24), Abilgor (30), Maslov (30), Merkulov (47), Maksimenko (61), O'runov (81), Makarov (90), Uremovich (90), Evtich (90).

CHetlatish:

Maslov (61).

Rubin Kazan

Premier League . 8-tur

20/09/2020, 18:30

2
:
0
Tugadi

Spartak Moscow

Jordan Larsson - 5', Mikhail Merkulov - 21'

Stadion: Kazan Arena

45'
90'
24'  Khvicha Kvaratskhelia
29'  Oliver Abildgaard
47'  Mikhail Merkulov
53'  Mikhail Merkulov (Filip Uremovic)
67'  Aleksandr Zuev (Ivan Ignatyev)
77'  Carl Starfelt (Soltmurad Bakaev)
90'  Filip Uremovic
90'  Denis Makarov
90'  Darko Jevtic
5'  Jordan Larsson
21'  Mikhail Merkulov
30'  Pavel Maslov
61'  Pavel Maslov
61'  Aleksandar Maksimenko
62'  Jordan Larsson (Ilya Gaponov)
77'  Zelimkhan Bakaev (Oston Urunov)
77'  Nail Umyarov (Andrei Eshchenko)
81'  Oston Urunov
88'  Ezequiel Ponce (Aleksandr Sobolev)

Turnir jadvali

Uchrashuv nihoyasiga etdi! "Spartak" muxlislarini navbatdagi 3 ochko bilan tabriklaymiz.

90+4. Jikiyaga nisbatan qo'pol o'ynagan Evtich ogohlantirildi.

Tedesko O'runovni yoniga chaqirib tarjimon orqali navbatdagi ko'rsatmalarini berdi.

90+2. Makarov ogohlantirildi! U Zobninga nisbatan qo'pol o'ynagan edi.

90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Maksimenko! Despotovichning zarbasidan keyin superseyv ko'rsatdi. Burchak zarbasi!

88. O'zgarish: Ponse o'rniga Soboltev maydonga tushdi!

83. Makarovning navbatdagi zarbasi. Yana Denisga aniqlik etishmadi.

81. Yevtichga nisbatan qo'pol o'ynagan O'runov sariq kartochka bilan jazolandi.

79. Yana to'p Ostonda. Bu gal ham O'runov to'pni o'zida saqlab qolishga urindi, zarbaga chog'landi, ammo tepmadi. Tedesko hamyurtimizga to'p bilan ko'proq muomala qilishni topshirgan ko'rinadi.

O'runov jarima maydoni yaqinida to'pni egallab oldi va maydon burchagiga qarab yurdi. Oston burchakda 2 raqibini aldamoqchi edi, o'xshamadi.

78. Despotovich bilan havodagi to'p uchun kurashga Jikiya maydonga quladi. Unga shifokorlar yordami kerak shekilli.

76. Nihoyat! Oston O'runov Bakaevni almashtirdi!

72. Qanotdan uzatilgan to'pni Ivan Ignatev boshi bilan darvozaga yo'lladi. Maksimenko "Spartak" joniga oro kirdi.

70. Kvaracxeliya bilan to'qnashuvda "Spartak" posboni" jarohatlangan ko'rinadi. Yo'q, shifokorlar yordamidan keyin Maksimenko o'yinni davom ettiradi.

68. Exxxxx! Zobninning uzatmasidan keyin Ponse to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya bilmadi.

Jarimadan Yevtich tepgan to'pni Maksimenko egallab oldi.

67. "Rubin"da o'zgarish: Zuev o'rnini Ivan Ignatev egalladi.

64. O'zgarish: Tedesko o'yinda hisobni ochgan Larsson o'rniga Ilya Gaponovni tushirdi. Oston hamon zahirada.

61. Uxxx! Xvichaga nisbatan qo'pol o'ynagan Pavel Maslov ikkinchi sariq kartochkani ishlab oldi!  Kirill Levnikov norozilik bildirgan Maksimenkoga ham sariq kartochka ko'rsatdi. Endi "Spartak" o'yinni 10 kishi bilan yakunlashga majbur.

58. CHap qanotdan "Spartak" jarima maydoniga kirib borgan Xvicha Kvaracxeliya to'pni zarba berishga qulay tarzda markazga tashlab berdi. Despotovich esa Maksimenkoning o'zini nishonga oldi.

57. Bugun Qozonga Moskvadan ham ko'plab muxlislar tashrif buyurishgan. Ularning tashabbusi bilan bugun "Spartak" o'z uyida o'ynayotgandek atmosfera hosil bo'lyapti.

O'zgarish: Avtogol muallifi Merkulov o'z o'rnini Filip Uremovichga bo'shatib berdi.

53. Zarba berish navbati Makarovda! Denisning chap oyoqdagi zarbasiga ham biroz aniqlik etishmadi.

52. Xavfli vaziyat! Bakaev to'pni maydonda olib qolib Zobninga etkazdi. Jarima maydoni ichidagi Roman Larssonga zarba berish uchun qulay vazitya yaratib berdi, ammo Jordanning o'ng oyoqda bergan zarbasi davroza ustidan oshib maydonni tark etdi.

49. Yana Makarov! "Spartak" jarima maydoniga bostirib kirgan futbolchi Jikiyani bir qalqish bilan ortda qoldirdi, ammo zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi. U hakamga norozilik bildiryapti. Makarovning fikricha, Ayrton uning zarba berishiga halaqit bergan.

48. Maydon markazida Larssonga nisbatan qoidaga zid tarzda o'ynagan Mixayil Merkulov sariq kartochka bilan jazolandi.

Ikkinchi bo'limni ham mezbonlar faollik bilan oshladi. Makarovning darvozaga o'tkir burchak ostida 5-6 metrdan tepgan to'piga ozgina aniqlik etishmadi.

46. Ikkinchi taym start oldi!

Malumot uchun, "Spartak" mazkur o'yinda g'alabani saqlab qola olsa, eng kamida keyingi turga qadar turnir jadvalining 2-pog'onasiga joylashadi.

Darvoqe, uchrashuvning birinchi bo'limida har ikki jamoa futbolchilari faqat bir martadan raqib darvozasini nishonga olishdi. Umid qilamizki, 2-taymda Oston ham maydonga tushib dribling va zarba berish berish borasida boshqalarga master-klass o'tib beradi.

45+2. Kirill Levnikovning hushtagi chalindi. Tanaffus!

Birinchi bo'libga ikki daqiqa qo'shib berildi.

45. Maydon markazidagi Bakaev raqib jarima maydoni ichidagi Larssonga to'p uzatdi. "Rubin" himoyachilaridan toza o'yin.

43.Burchakdan uzatilgan to'pni Maksimenko egallab oldi. 

42. "Rubin" futbolchilari chap qanotdan jarima maydoni ichidagi Despotovichga to'p uzatishdi. Jikiya to'pni maydon tashqarisiga chiqardi.

40. Zuev tashlab bergan to'pni makarov aylantirib darvozaning olis burchagiga tashlamoqchi edi, biroz noaniq.

37. Yevtich jarima maydoniga to'p uzatdi. Maksimenko o'ziga ishonmay harakat qildi, ammo vaziyatdan na Makarov, na Xvich foydalana oldi. Mazkur epizodda Jikiyaga biroz jarohat etdi, shekilli. U shifokorlar yordamida maydon tashqarisiga chiqib ketyapti.

35. Makarov qanotini o'zgartirib chap tomondan oldinga yurayotgan mahalda Jikiya tomonidan qo'pollik bilan to'xtatib qolindi. Mehmonlarda navbatdagi jarima  zarbasi.

31. O'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan Miaxil Merkulov jarima maydonchasiga ichiga kirib borib zarba bermoqchi edi, ammo "Spartak" mudofaachilari yaxshi o'ynadi.

30. Bosh hakam Kirill Levnikov Pavel Maslovni ham ogohlantirdi.

29. Maydon markazida Ponsening oyog'iga tepgan Abildgorga sariq kartochka ko'rsatildi.

26. Makarov o'zining qanotida faollik ko'rsatib to'pni jarima maydoniga oshirgandi, "Spartak" futbolchilari yaxshi o'ynashdi.

21. Ana xolos! Uchrashuvda hisob o'zgardi.  Zobninning chap qanotdan "Rubin" jarima maydoniga yuqorilatib uzatgan navbatdagi to'pini Merkulov o'z darvozasiga kiritib qo'ydi - 0:2.

19. Uxxx! "Rubin"ning hujumlari tobora keskinlashyapti. Bu gal jarima maydoni tashqarisidan Makarov chap oyoqda juda kuchli zarba berdi, Maksimenko to'pni qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

18. Hozircha "Spartak"ning chap qanoti juda faol o'yin ko'rsatmoqda. Zobnin tomonidan jarima maydoniga navbatdagi uzatma, ammo to'pga na Larsson, na Ponse ulgurdi.

17. Ajoyib zarba! Oleg SHatov! "Rubin" sardori tepgan to'p Ilya Kutepovga tegib rikashet hosil qildi va maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak zarbasi.

13. Ayrton "Rubin" darvozasi tomon chap qanotdan ajoyib reyd uyushtirib, to'pni Ponsega oshirdi. Argentinalik hujumchi esa to'pni egallash jarayonida qo'li bilan o'ynagani tufayli Levnikov uchrashuvni to'xtatdi.

10. Zobnin to'pni havodan jarima maydoni ichidagi sheriklariga oshirdi. "Rubin" posboni Medvedov to'pni egallab oldi.

8. "Spartak"dan yana bir hujum. 6-raqam ostida to'p tepayotgan Ayrton jarima maydonchasi ichida jamoadoshlarini uzatma bilan taminlamoqchi edi, mezbon himoyachilari faol o'ynashdi - burchak zarbasi.

4. Golllllll! Zelimxan Bakaev hamda Roman Zobninning jarima faol harakatlari natijasida tashkillashtirilgan hujumni Larsson bir zarba bilan muvaffaqiyatli yakunladi - 0:1!

"Rubin" futbolchilari uchrashuvni faol tarzda boshlashdi. Birinchi daqiqaning o'zida "Spartak" darvozasi tomon 2 bor xavf solindi. Jarima maydonchasi ichida faollik ko'rsatgan Kvaracxeliya zarba berdi va burchak zarbasini ishlab oldi.

1. Uchrashuv boshlandi. To'pni mezbonlar o'yinga kiritib berishdi.

Jamoalar stadionga chiqib kelishdi.

Malumot uchun, o'yin oldidan "Spartak" 14 ochko bilan 5-o'rinda boryapti. Mezbonlar esa 7-o'rinni band qilishgan. Qozonliklar hisobida 11 ochko bor.

Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qoldi. Hamyurtimiz Oston O'runov zahira o'rindig'ida qoldirilgan. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика