So’nggi yangiliklar

23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  9 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  11 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  15 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  3 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  17 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  6 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376

RPL. "Rubin" va "Rostov" o'zaro durang o'ynashdi Yangiliklar

RPL. "Rubin" va "Rostov" o'zaro durang o'ynashdi

Teglar :  "Rostov"RPL"Rubin"
Rossiya chempionati 29-turidan o'rin olgan "Rubin" - "Rostov" o'yini matnli translyaciyasini shu sahifada kuzatib bordingiz.


Rubin – Rostov 0:0 

«Ak Bars Arena»

Rubin – Dyupin, Samoshnikov, Uremovich, Starfelt, Pablo, Makarov (Bakaev, 46), Evtich (Davitashvili, 64), Konovalov, Kvaracxeliya, Abilgor (Tarasov, 64), Ignatev (Markov, 64).

Rostov – Pesyakov, CHernov, Xadjikadunich, Osipenko, Saplinov (Vedernikov, 78), Ionov (Proshlyakov, 90), Popov, Bayramyan (Dolgov, 77), Glebov, Mamaev (Logashov, 61), SHomurodov.

Ogohlantirishlar: CHernov (18), Popov (23), Bayramyan (38), Glebov (45), Samoshnikov (52), Tarasov (66), Dolgov (80), Pablo (81), Uremovich (85).


O'yin yakunlandi - 0:0. Xizmatingizda SHerzod Nurmatov bo'ldi. Keyingi o'yinlargacha sog' bo'ling. 

Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

90. "Rostov" safida o'zgarish: Ionov o'rniga Proshlyakov tushirildi. 

89. Uuuux! Kvaracxeliya raqib himoyachilarini birin-ketin aldab o'tdi va zarba berdi! Pesyakov zarbani qaytara oldi. 

87. Valeriy Karpinga sariq kartochka!  Murabbiy juda ko'p etirozlari uchun jazolandi. 

85. Uremovich CHernovni yiqitdi va sariq kartochkaga ega bo'ldi. 

84. Tarasovning bosh bilan yo'llagan zarbasi to'g'ri darvozabon tomon yo'naltirildi, to'p Pesyakovda. 

82. Eldor SHomurodovning uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. 

81. Qo'pol o'ynagani uchun Santosga sariq kartochka berildi. 

80. Kvaracxeliyani yiqitgani bois Dolgovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

77. "Rostov" tarkibida 2 ta o'zgarish: Bayramyan o'rniga Dolgov, Saplinov o'rniga Vedernikov tushdi. 

"Rostov" matbuot xizmatning xabar berishicha, Eldor SHomurodov "Rostov"dv ekanligiga 3 yil bo'ldi. U shu paytgacha jamoa tarkibida 80 o'yinda qatnashib, 17 ta gol urgan va 11 ta golli pas uzatgan.

74. SHomurodov va Starfelt maydon markazida to'qnashib ketishdi, hammasi joyida. 

72. Bakaevdan kuchsiz zarba, Pesyakov o'z o'rnida. 

70. Zarba! Markovning qoyilmaqom zarbasigi bir oz aniqlik etishmadi. 

69. "Rostov"da yaxshi hujum tashkil etilayotgandi, biroq Dyupin o'z vaqtida darvozadan chiqib kelib xavf oldini oldi. 

66. Tarasov Bayramyanga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirish oldi. 

64. "Rubin"da bira to'la 3 ta o'zgarish: Ignatev o'rniga Markov, Abildgor o'rniga Tarasov, Yevtich o'rniga Zuriko Davitashvili tushdi. 

61. "Rostov"da o'zgarish: Mamaev o'rniga Logashov tushirildi. 

60. Zarba! Kvaracxeliya muallifligidagi zarbadan keyin Pesyakov jamoasini qutqarib qoldi. 

59. Kvaracxeliyadan uzatma! To'p "Rostov" posboni Pesyakovda. U jamoadoshlarini oldinga boshladi. 

57. Kvaracxeliya qarshi hujumga o'tdi, oldinda bir o'zi. Tabiiyki, u 4 himoyachiga qarshi hech narsa qila olmadi. 

56. "Rostov"da hujum. Bayaramyanning uzatmasini Uremovich maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

53. Osipenko uzoqdan zarba berdi, juda-juda noaniq. 

52. Samoshnikov qo'polligi uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

51. "Rubin"da burchak to'pi, ammo samarasiz.

49. Uuux! Zarba! SHomurodovning zarbasini Dyupin qiyinchilik bilan bo'lsa-da, qaytardi.

46. "Rubin"da o'zgarish: Makarov o'rniga Bakaev tushdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus! 

45+1. Glebov qo'pollik mshlatgani bois sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

45+1. Popov va CHernov kombinaciyasi muvaffaqiyatsio'lik bilan tugadi. 

Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi. 

42. Uuuux! Kvaracxeliya ajoyib reydi bilan raqib jarima maydoni ichiga kirib bordi va erlatib pas berdi - Ignatevning zarbasi! Noaniq...

40. Bayramyan jarima zarbasidan to'pni o'yinga kiritdi, u Popovga pas berdi, Popovdan uzatma, ammo umuman tushunarsiz. 

38. Ana xolos!  Bayramyan maydon markazida qo'l bilan o'ynadi va sariq oldi. 

37. "Rubin" burchak zarbasini amalga oshirdi, "Rostov" futbolchilari to'pni qaytarishdi. 

34. Xadjikadunich havodagi to'p uchun kurashda butsasining tag qismi bilan Kvaracxeliyaga zarba berib yubordi, ammo hakam bunga etibor bermadi. 

33. "Rubin"ning kam sonli hujumlaridan biri. Burchak to'pi o'yinga kiritiladi. Yo'q, hozircha hech qanday foydasiz.  

30. Ionovdan SHomurodovga uzatma, lekin Eldor ofsaydda qolib ketgani malum bo'ldi. 

28. Yana bir zarba! Bu gal Bayramyanning uzatmasidan keyin Popov bosh bilan zarba berdi, bir oz noaniq. 

27. Zarba! SHomurodov! Uning bosh bilan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

24. Popovga sariq kartochka! U qarshi hujumga o'tib ketayotgan Kvaracxeliyani yiqitdi. 

22. CHernov havolatib ichkariga pas uzatdi, Ionov esa to'pni o'ziga moslab olishga harakat qildi, biroq to'pni mezbonlar olib qo'yishdi. 

19. Xavfli vaziyat! Jarimadan oshirib bermlgan to'pni Ignatev bosh bilan darvozaga yo'lladi, o'zgina aniqlik etishmadi. 

18. CHernov Uremovichga qarshi juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi. 

15. "Rostov" katta ustunlikka ega va tinimsiz hujum qilmoqda.   

13. Uuuuxx!  Ionovning  yo'llagan zarbasi "rikoshet" orqali ichkaridagi Saplinovga etib bordi, biroq u bundan foydalana bilmadi.  

12. Mamaevdan ajoyib uzatma, ammo to'p Popovga qulay tarzda etib kelmagani chakki bo'ldi. 

10. Uuuuux! Popov raqib himoyailarini aldab o'tgan holda ichkariga kirib bordi va Xadjikadunichga pas berdi, uning zarbasidan keyin darvozabon to'pni egallashga erishdi.   

7. Yevtich yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi, ammo unga sovuqqonlik etishmadi. 

6. Zarba! Makarovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

5. Eldor SHomurodovning uzoqdan yo'llagan zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi. 

3. Hozircha o'yin teng kurashlar ostida davom etyapti va pas berishda har ikkala jamoa ham ko'p xatoga yo'l qo'ymoqda.  

1. O'yin boshlandi! 

Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Bizni oldinda ikki ajoyib murabbiy Leonid Sluckiy va Valeriy Karpin shogirdlari to'qnashuvi kutmoqda

Jamoalar stadionda

Tarkiblar elon qilindi

O'yin Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi. 

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Bugun RPL 29-turi doirasida hamyurtimiz Eldor SHomurodov to'p tepadigan "Rostov" klubi "Ak Bars Arena"da "Rubin" mehmoni bo'ladi. Bahsni siz bilan birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика