RPL. “Rotor”ga texnik mag'lubiyat yozildi va “Rostov” 7-o'ringa ko'tarildi
22 sen 2020 20:30
Yangiliklar


RPL. “Rotor”ga texnik mag'lubiyat yozildi va “Rostov” 7-o'ringa ko'tarildi
RPL 8-turi doirasida 19 sentyabr kuniga belgilangan “Rostov” – “Rotor” bahsi mehmon jamoada koronavirus bilan bog'liq holatlar aniqlangani sabab bekor qilingandi.
Rossiya futbol ittifoqining tartib-intizom qo'mitasi raisi Artur Grigoryanc musobaqa protokoliga ko'ra, “Rotor”ga texnik mag'lubiyat (0:3 hisobida) yozilganini tasdiqladi. Oldinroq, volgagradliklarning 7-turdagi "Krasnodar"ga qarshi o'yini ham bekor qilingandi.
SHu tariqa, “Rostov” ochkolari sonini 14 taga etkazib olib, 7-o'ringa ko'tarildi. “Rotor” esa 2 ochko bilan autsayder bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar