RPL o'yinlari 21 iyundan muxlislarsiz davom ettirilishi mumkin
24 apr 2020 15:20
Yangiliklar


RPL o'yinlari 21 iyundan muxlislarsiz davom ettirilishi mumkin
RPL va RFS musobaqani 21 iyundan davom ettirishmoqchi.
Bu sana Premer-liganing qolgan o'yinlarini UEFA o'rnatgan dedlayn muddati (2 avgust)ga qadar o'tkazishga imkon beradi. Ammo, barchasi Rossiyadagi koronavirus borasidagi vaziyatga bog'liq, deb xabar bermoqda metaratings.ru sayti.
27 aprel kuni RPLning davom ettirilishi borasida maxsus majlis bo'lib o'tadi. Katta ehtimol bilan o'yinlar muxlislarsiz o'tadi, ammo har bir jamoa o'z o'yinlarini taqvimda ko'rsatilgan joyda o'tkazadi.
RPLning joriy mavsumi 22-turdan so'ng to'xtab qolgan edi. Musobaqa jadvalida 50 ochko bilan "Zenit" peshqadamlik qilmoqda va o'z taqibchisi "Lokomotiv"dan 9 ochko ilgarilab ketgan.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar