RPL Krasnodar, Sochi, Rostov va Grozniy shaharlarida davom ettirilishi mumkin
23 apr 2020 10:20
Yangiliklar


RPL Krasnodar, Sochi, Rostov va Grozniy shaharlarida davom ettirilishi mumkin
Rossiya Premer-ligasining bir nechta klublari RFS va RPL rahbariyatiga koronavirus borasida qulayroq bo'lgan to'rtta shaharda o'ynashni so'rab murojaat qilishmoqchi.
Gap Krasnodar, Rostov, Sochi va Grozniy shaharlari haqida ketmoqda. Bu hududlarda RPL o'yinlari uchun qulay infrastruktura bor, shuningdek shaharlar o'rtasida qulay transport aloqasi yo'lga qo'yilgan. Bu haqda metaratings.ru sayti xabar berdi.
RPL bu variantga so'nggi chora sifatida murojaat qilishi mumkin. Bu o'yinlarni yoritib boradigan "Match TV" va bir qator klublarning bosh homiysi bo'lgan bukmeker komaniyalarning roziligiga bog'liq.
Ushbu taklif bugun RFSga yuborilishi mumkin. Bundan tashqari, agar shu variant maqul ko'rilsa ham, barcha o'yinlar muxlislarsiz o'tkaziladi.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar