So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

RPL. Moskva derbisida CSKA "Spartak"ni mag'lub etdi Yangiliklar

RPL. Moskva derbisida CSKA "Spartak"ni mag'lub etdi

Rossiya chempionati 7-turidan o'rin olgan “Moskva derbisi” 21:00 da boshlanadi va u saytimiz orqali matnli translyaciya qilinishi ko'zda tutilgan.

CSKA Moscow

Hoerdur Magnusson - 30', Nikola Vlasic - 45', Chidera Ejuke - 90'

Premier League . 7-tur

13/09/2020, 21:00

1
:
3
Tugadi

Spartak Moscow

Ezequiel Ponce - 11'

Stadion: VEB Arena

45'
90'
1'  Vadim Karpov
30'  Hoerdur Magnusson
30'  Ivan Oblyakov
45'  Nikola Vlasic
45'  Mario Fernandes
65'  Nair Tiknizyan (Baktiyor Zaynutdinov)
65'  Fedor Chalov (Chidera Ejuke)
83'  Konstantin Kuchaev (Jaka Bijol)
88'  Nikola Vlasic (Kristijan Bistrovic)
90'  Chidera Ejuke
90'  Ivan Oblyakov
90'  Hoerdur Magnusson
90'  Georgi Shchennikov
11'  Ezequiel Ponce
11'  Zelimkhan Bakaev
29'  Pavel Maslov
34'  Ayrton Lucas
56'  Zelimkhan Bakaev (Aleksandr Kokorin)
56'  Ezequiel Ponce (Aleksandr Sobolev)
58'  Aleksandr Sobolev
77'  Nail Umyarov (Oston Urunov)
90'  Oston Urunov


CSKA – "Spartak" 3:1

«VEB Arena»

Gollar: 0:1 – 11 Ponse, 1:1 – 30 Magnusson, 2:1 – 45 Vlashich, 3:1 – 90 Edjuke.

CSKA – Akinfeev, Karpov, Magnusson, Fernandes, Tiknizyan (Zaynutdinov, 64), Oblyakov, Kuchaev (Biyol, 83), Maradishvili, Vlashich (Bistrovich, 88), SHHennikov, CHalov (Edjuke, 64).

Spartak – Maksimenko, Djikiya, Jigo, Maslov, Ayrton, Kral, Zobnin, Umyarov (Urunov, 77), Bakaev (Kokorin, 56), Larsson, Ponse (Sobolev, 56).

Ogohlantirishlar: Karpov (1), Maslov (29), Ayrton (34), Sobolev (58), Urunov (90), Magnusson (90), Bistrovich (90).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! Biroq futbolchilar janjal boshlashdi. "Spartak" maydonni tark etmayapti.


90+2. GOL! Ejuke hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi, ammo Domeniko Tedesko jon jahti bilan hakamlarga murojaat qilib, raqib futbolchisi qo'li bilan o'ynaganini aytishga urindi. VAR ishga tushdi. GOL HISOBGA OLINDI, ammo to'p haqiqatdan ham qo'lga tekkandi.

90+1. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

90. Sariq kartochka. Oston O'runov to'pni oldirib qo'ydi va shu zahoti raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

89. "Spartak" ajoyib hujum uyushtirdi, ammo Sobolevning uzatamasiga Larsson ulgurmadi va Mario Fernandesni yiqitishga to'g'ri keldi.

85. "Spartak"dan noaniq zarba. Kokorin Zobninning uzatmasini darvozaga to'g'irlashga urindi, ammo bosh bilan berilgan zarba noaniq ketdi.

82. Oston fintlari orqali raqibdan qochishga urindi, ammo Vlashich uni yiqitib to'xtatdi.

80. O'runov markazdagi to'p uchun kurashda g'olib chiqib, to'pni "Spartak"ga olib berdi.

78. O'runov maydonga tushishi bilan sharhlovchilarni hayratlantira boshladi, u bir harakat bilan raqib futbolchisidan qochib, Larssonga pas berdi, ammo CSKA himoyachilari to'pni maydondan chiqarib yuborishdi.

77. O'zgarish: Oston O'runov Umyarov o'rniga maydonga tushdi.

75. XUSHXABAR! O'runov maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

71. "Spartak" hisobni tenglashtirish uchun katta kuch bilan oldinga o'tgan, biroq vaziyatlarga aniqlik etishmayapti.

65. Ejuke maydonga tushishi bilan mezbonlar xavfli hujum tashkil qilishdi, ammo Vlashich pas yoki zarba berishga ikkilanib qoldi va to'pni kuchsiz zarba bilan raqib posboniga topshirdi.

64. O'zgarish: "Rostov"dan CSKAga o'tgan Zaynutdinov Tiknizyan o'rnini egalladi, CHalov o'rniga esa Ejuke o'yinni davom ettiradi.

61. Jikiya sirpanish orqali raqib hujumini to'xtatdi va Akinfeev darvozasiga kuchli zarba berdi, Akinfeev esa seyv ijro etdi. Vaziyat to'xtashi bilan darvozabon o'z jamoadoshiga etiroz bildira boshladi.

Suratga o'zingiz izoh bering...

58. ZARBAAAA! Umyarov uzoq masofadan pushkasini ishga soldi, to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

56. O'zgarish: Bakaev o'rniga Kokorin, Ponse o'rniga Sobolev maydonga tushdi.

52. Jigo o'yinni davom ettira olmaydiganga o'xshaydi, zaxirada esa o'zgarish tayyorlanyapti. Kokorin va Sobolev tayyorgarlik ko'rishmoqda.

51. Bakaevning uzatmasini qabul qilgan Ponse darvozaga o'girilib, zarba berdi. Biroq to'p himoyachilarga tegib, tezligini yo'qotdi va Akinfeev to'pni egallab oldi.

49. Kuchaev o'ng qanotdan "Spartak" jarima maydonchasiga yorib kirdi va darvozaga zarba berdi. Maksimenkodan seyv.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45. GOOOL! Bunaqa gollarni kam ko'ramiz! Vlashichning harakatlariga qarsak chalish kerak. Fernandes o'ng qanotdan to'pni markazroqqa uzatdi, Vlashich esa to'pni to'xtatdi va chap oyog'i bilan zarba beradigandek bo'lib, to'pni o'ngiga tashladi va shu zahoti zarba berdi. 2:1, mezbonlar oldinga chiqib olishdi.

42. ZARBAAA! Fernandes o'z jamoasining qarshi hujumini kuchli zarba bilan yakunladi, ammo to'p darvoza uzoq burchagining yonginasidan o'tib ketdi.

40. Maydon markazida Jikiyaga nisbatan qoida buzildi, futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Bu paytda "Spartak" zaxiradagilari mashg'ulot o'tkazishmoqda, hozircha ular orasida O'runov ko'rinmadi.

38. Larssondan superzarba, ammo Akinfeev ham undan qolishmadi va uzoq burchakka kirib ketayotgan to'pni chiroyli sakrash bilan qaytarib qoldi.

36. "Spartak"dan ajoyib qarshi hujum, lekin Ponse to'pni Larssondan qabul qilishi bilan darvozaga zarba berdi. To'p esa maydondan tashqariga chiqib ketdi.

34. Hammasi hal bo'ldi. Hakamlar Ayrton simulyaciya ishlatdi deb topishdi va unga sariq kartochka ko'rsatildi. Tedesko esa 10 bahs arbitrlariga bir necha soniya qarsak chalib turdi.

32. Penaltimi? Tedesko hakamdan 11 metrlik jarima zarbasi so'ramoqda. Ayrton raqib jarima maydonchasi ichida yiqitildi, hakam VARga murojaat qildi.

30. GOL! CSKA hisobni tenglashtirdi! Magnusson burchakdan uzatib berilgan to'pni boshi bilan darvozaning yaqin burchagiga joyladi. "Spartak" posboni to'pni qaytargandek ko'rindi, ammo unday bo'lib chiqmadi. 1:1

29. Sariq kartochka. Maslov markazda raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun hakam tomonidan jazolandi.

24. Bugun "Spartak" ustozi Domeniko Tedeskoning kayfiyati yomonga o'xshamoqda. CHunki TV efir boshlanganidan beri u hammaga jahl qilib, etiroz bildirmoqda.

18. O'yin tempi biroz pasaydi, "Spartak" kuchni tejash uchun to'pni o'zida saqlab, paslar orqali o'yinni nazorat qilishga urinyapti.

11. GOOOL! Esekel Ponse! Ajoyib zarba! Daler Kuzyaevning parashut uzatmasidan so'ng Ponse raqib jarima maydonchasi chizig'i ustidan to'pni o'ziga to'g'irladi va o'girilib zarba berdi. To'p to'qqizlikka kirib ketdi! 0:1, "Spartak" oldinga chiqib oldi.

7. ZARBA! Vlashich "Spartak" darvozasiga xavf soldi, ammo to'p raqib himoyachisining yuziga tegib maydonni tark etdi.

5. "Spartak" katta tezlikda himoyadan hujumga o'tdi va Larsson raqib darvozasi tomon zarba berdi, ammo to'p CSKA darvoza to'ri ustidan o'tib ketdi.

3. Jigo zarba berdi... "Spartak" futbolchisi to'pni jonli devorning ostidan o'tkazishga urindi, ammo to'p huddi o'sha devorga tegib qaytdi.

1. Uchrashuv boshlandi. Bahs start olishi bilan CSKA o'z jarima maydonchasi yonginasida qoidani buzdi. Karpov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqayotgan Larssonni yiqitdi va sariq kartochka bilan jazolandi.


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum saytimiz o'quvchilari! Bugun sizlar bilan ajoyib o'yin va Oston O'runovning goliga guvoh bo'lamiz degan umiddaman.

CSKA – Spartak

21.00, «VEB Arena»

CSKA: Akinfeev — Fernandes, Magnusson, Karpov, SHHennikov — Tiknizyan, Maradishvili, Oblyakov, Kuchaev, Vlashich — CHalov.

Zaxiradagilar: Torop, Vasin, Edjuke, Kotin, Sigurdsson, Zaynutdinov, Gaych, Bistrovich, Biyol, SHkurin.

«Spartak»: Maksimenko — Zobnin, Jikiya, Maslov, Jigo, Ayrton — Bakaev, Umyarov, Kral — Ponse, Larsson.

Zaxiradagilar:  Rebrov, Eshhenko, Kutepov, Gaponov, Golosov, Markitesov, Oston O'runov, Kokorin, Sobolev.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика