So’nggi yangiliklar

20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  18 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  13 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2

Ro'ziqul Berdiev: "Biz kuchli guruhdan joy olganmiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Biz kuchli guruhdan joy olganmiz"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

Ro'ziqul Sadullaevich intervyu davomida OCHL o'yiniga tayyorgarlik qanday bo'lgani, raqiblar hamda imkoniyatlar borasida to'xtalib o'tdi.

- "Nasaf" OCHL 1-tur bahsini safarda "Persepolis"ga qarshi o'tkazadi. Bu o'yinga tayyorgarlik qanday bo'ldi?
- 30 yanvar kuni “Al Faysali”ni mag'lub etganimizdan so'ng futbolchilarga biroz dam bergandik. 3 fevraldan o'z qarorgohimizda yig'ilib mashg'ulotlarni boshladik. 5 fevraldan legionerlar, shuningdek U-23 Osiyo chempionatida qatnashgan yoshlarimiz tarkibga qo'shilishdi. “Persepolis” bilan o'yingacha "SHo'rtan" va "Dinamo" bilan nazorat bahsi o'tkazdik.

- “Persepolis”ga qarshi kechadigan bahs siz uchun qanchalik muhim?
- Biz birinchi maqsadni uddaladik, yani guruh bosqichiga yo'l oldik. Endigi vazifa guruh o'yinlarida yaxshi qatnashish. O'ylaymanki, biz kuchli guruhdan joy olganmiz. “Persepolis” Eron chempionatida bekorga birinchi o'rinni egallab turgani yo'q. Bu jamoa tartibli futbol namoyish etadi. Tarkibida Eron terma jamoasiga nomzod futbolchilar bor. Albatta, biz ham ishtirokni ijobiy boshlashni xohlaymiz. Buning uchun bor kuch bilan o'ynaymiz.

- “Nasaf” joy olgan guruhda shuningdek, “Al Vasl” bilan “Al Sadd” ham bor.
- “Al Sadd” haqida ko'p eshitganmiz. Ularning asosiy ustun jihati butun jamoa bo'lib to'pni nazorat qilishda. “Al Sadd” to'p bilan o'ynashda kuchli. Qolaversa, tarkibida mashhur Xavi o'ynayotganini unutmaslik kerak. Bu jamoa hozir o'z chempionatida ikkinchi o'rinda boryapti. “Al Vasl” ham BAA chempionatida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa tarkibida yuqori saviyali legionerlar bor deya olaman. Ko'rib turganingizdek, raqiblar jiddiy, shunga qaramay, biz ham ular uchun boshog'riq bo'la olamiz. Bemalol aytishim mumkin, “Nasaf” hech bir jamoaga osonlikcha taslim bo'lmaydi.

- Sizningcha, “Nasaf” tarkibida kimlar o'zini ko'rsatishi mumkin?
- Jamoamiz safi asosan yoshlardan iborat va bu ular uchun yaxshigina maktab bo'ladi. Tarkibda yanada kuchli futbolchilar bo'lishini xohlardim, lekin bazi o'yinchilarga taklif bilan chiqqanimizda indashmadi. Biz etiborni jamoaviy o'yinga qaratamiz. Lekin katta o'yinlarda g'alaba qozonish uchun mahoratli futbolchilar ham bo'lishi kerak. CHunki zamonaviy futbolda baribir nomlar ko'p narsani hal qilyapti. Umid qilamanki, bu yilgi chempionlar ligasida Dragan CHeran, Jasur Hasanov, Islom Kenjaboev, Bobir Abduxoliqov, Aziz G'aniev kabi futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishadi.

Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика