Ro'ziqul Berdievni tabriklaymiz!
22 okt 2014 09:19
Yangiliklar

Ro'ziqul Berdievni tabriklaymiz!
Bugun “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev 43 yoshni qarshi oldi.
“Nasaf” tarkibida 12 mavsum to'p tepgan Ro'ziqul Berdiev shu vaqt mobaynida qarshilik futbol ishqibozlarining eng sevimli futbolchisiga aylanib ulgurdi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Ro'ziqul Sadullaevich keyingi faoliyatini ham “Nasaf” bilan bog'ladi. Jamoada dastlab yordamchi murabbiyi 2012 yilda esa bosh murabbiy sifatida ish boshladi. 2013 yilgi mavsumda “Nasaf” ushbu mutaxassis qo'l ostida, mamlakat chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Berdiev O'zbekistonda “yilning eng yaxshi murabbiyi” unvoniga loyiq ko'rildi. Joriy mavsumda ham “Nasaf” chiroyli o'yinlari bilan ko'plab rekordlarini yangilab, ishqibozlarning cheksiz hurmatiga sazovor bo'lmoqda.
Bugun barcha uchun sevimli bo'lgan inson - Ro'ziqul Berdiev 43 yoshga to'ldi. Murabbiyimizga uzoq umr, sihat salomatlik tilaymiz. Umid qilamizki, “Nasaf” kelgasida ushbu mutaxassis qo'l ostida bundanda yuksak cho'qqilarni zabt etib, Yurtimiz bayrog'ini yanada balandroq hilpiratadi.

Fikrlar