So’nggi yangiliklar

12:34Зоран Марушич "Динамо" билан ўйинда майдонга тушадими?  1 12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  4 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  5 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  2 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  13 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  7 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  7 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  2 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0

Ro'ziqul Berdiev: "Yana ikki futbolchi bilan bitim imzolashimiz mumkin edi, ammo..." Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Yana ikki futbolchi bilan bitim imzolashimiz mumkin edi, ammo..."

O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Nasaf" – "Buxoro" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

- Muxlislarni tabriklayman. O'yin ular uchun bo'ldi. Har o'yin ular uchun harakat qilamiz, ammo o'yining oxirida g'alabani o'z tomonimizga og'dirganimiz ayniqsa quvonchli bo'ldi. Asosiy vazifamizni uddaladik. Kubok o'yinlari bir uchrashuvdan iborat bo'lgani sabab, bunday natijalar bo'lib turadi. Parallel uchrashuvda ham o'zingiz ko'rdingiz nima bo'lganini. Bugun biz baribir o'zimizga ishonch bilan harakat qildik va g'alabaga erishdik. 

- Yozgi transferlardan qoniqdingizmi?

- Biz yana ikki futbolchi bilan bitim imzolashimiz mumkin edi, ammo transfer oynasi yopilishiga bir kun qolganda bu amalga oshmay qoldi. Buni o'z sabablari bor, ammo bularni ochiqlash shart emas. O'zimizda yaxshi jamoa bor edi. Yangi kelgan Jaba va Andres ham kerakli pallada bizga yordam beradi. 

- Javohir Siddiqov tarkibda ko'rinmayapti...

- Hozir unda kichik jarohat bor. Keyingi turlarda u tarkibga qaytadi. Husniddinda ham jarohat bor. SHu sabab ham ularni o'yinga jalb qilmayapmiz. 

- Bu yilgi kubok o'yinlarida navbatdagi bosqichga jamoalar orasida Pro liga jamoasi ham bor. O'tgan yilgi kubok bahslarini bu yilgisidan farqi qanday bo'lyapti?

- Kubok o'yinlari bitta o'yindan iborat bo'lgani uchun kutilmagan natijalar bo'lib turibdi. Bugun ham buni amalda ko'rdik. "Buxoro" ham bizga kuchli qarshilik ko'rsatdi. Lekin bugungi g'alabaga baribir ishonch bor edi.

- "Nasaf" o'tgan mavsum juda kam gol o'tkazardi. Bu mavsum esa jamoa ko'proq gol o'tkazmoqda? Ikkinchi savolim: "Nasaf" bugungacha 25 ta gol urgan bo'lsa, shundan 13 tasi bosh bilan kiritilgan. Bunga sabab nima?

- Ikkinchi savoldan boshlayman. O'zingiz ko'rib turibsiz, aksar jamoalar biz bilan o'ynaganda jipslashib himoyalanadi. SHu sabab ham ikkinchi qavatda yaxshi o'ynashimiz kerak. Hozir sizlarga sirlarimizni ochib qo'yyapman. Biz qanotlardan hujumlar, standardlar bo'yicha ko'p ishlaymiz. O'tgan yili kam gol o'tkazganimiz esa himoyada tartibliroq o'ynaganimiz bilan bog'liq. Bu mavsum esa ko'p gollarni o'zimiz xato qilib paydo qilyapmiz. Standard vaziyatlarda ham biroz sust himoyalanyapmiz. Buni qanchalik uqtirmaylik, hozircha foydasi bo'lmayapti. 

- Darvozabonlar ishonchsizroq harakat qilyapti deb o'ylaysizmi?

- Ular xato qilishsa, o'zlari ham buni tushunishadi. 

- Biz "Buxoro" muxlislarimiz. Savol bersak maylimi?

- Albatta, hech qachon savoldan qochmaganman.

- Ikkala golni ofsayddan bosh bilan kiritdinglar. Bunga nima deysiz?

- Ikkita golni penaltidan kiritdinglar. Bunga savolingiz yo'qmi? Hakamlarning maydondagi harakatini siz, yani, muxlis baholab berolmaydi. Fikrimga kelsak, hakam shunday qaror qabul qildimi, demak, to'g'ri. Darvozamizga penalti belgilandimi, demak, bu ham to'g'ri qaror bo'lgan. Hisobga bir nazar solinglar va mag'lubiyatni tan olinglar. Ortiqcha savollarga berilmanglar. 

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика