So’nggi yangiliklar

15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  0 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  1 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  0 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  1 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  15 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0

Ro'ziqul Berdiev: "Vaziyatlar yaratishda raqibdan ustunlik qildik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Vaziyatlar yaratishda raqibdan ustunlik qildik"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Tajribali va kuchli jamoaga qarshi maydonga chiqdik. Og'ir o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limdagi ustunligimizni oxirigacha ushlab qola oldik. Darvozamizdan gol o'tkazgan bo'lsak-da, g'alabani saqlab qoldik. Istaymizmi-yo'qmi yigitlarning xayolida keyingi uchrashuvga tayyorgarlik bo'ladi. Vaziyatlar yaratishda raqibdan ancha ustunlik qildik. Bir nechta vaziyatlarda Ignatiy Nesterov juda yaxshi harakat qildi. G'alaba bilan barchani tabriklayman", – deydi Ro'ziqul Berdiev. 

- Kecha o'rinbosarlar jamoasida SHahboz Nuriddinov juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Uchta gol bilan xet-trikka erishdi. Ushbu futbolchini keyingi turlarda sinab ko'rasizmi?

- Albatta. Bilasizlar, o'rinbosarlar jamoasining har bir uchrashuvini ko'rgani boraman. Yoshlarni barchasini kuzatyapmiz. O'sadiganlarni asosiy tarkibga jalb qilamiz. Asosiy maqsadimiz ham shu. SHahboz Nuriddinov haqiqatdan ham g'alabaga munosib hissa qo'shdi. Ularning barchasi etiborimizda. 

- OFK kubogi oldidan jamoaning kayfiyati qanday? Raqibni qay darajada o'rgandinglar?

- Raqib jamoa ishtirokidagi ikkita uchrashuvni to'liq ko'rib chiqdim. Juda ham tajribali jamoa. Kuchli legionerlar yig'ilgan. Hindistonning eng yirik boy, etakchi klublaridan biri hisoblanadi. Barchasini yigitlarga ko'rsatamiz. 

- Bugun Husayn Norchaevni zaxiraga olib, legioner xizmatidan foydalandingiz. Ushbu ikki futbolchining tandemini qanday baholaysiz?

- Bazi o'yinlarda birga harakat qilishmoqda. "Turon" bilan o'yinda ham yomon to'p tepishmadi. Bugun raqibni va navbatdagi bahsni hisobga olgan holda? bitta hujumchi bilan o'ynashga qaror qildik. Futbolchilarning tayyorgarligiga va imkoniyatiga qarab, yana foydalanamiz. 

- Uchrashuvdan so'ng Ignatiy Nesterov bilan iliq xayrlashdingiz, lekin u sizga nimanidir tushuntirishga harakat qildi. Norozi kayfiyatda ko'rindi...

- Norozi emas. Yosh futbolchilaringiz juda ham tajovuzkor harakat qilyapti, dedi. Futbol kurashlarga boy bo'lishi kerak. Qaerdadir yoshlarimiz noto'g'ri harakat qilgan bo'lsa, uzr so'rayman. Baydullaev yoki Nesterov, deb kurashmaslik noto'g'ri-ku. Erkin Baydullaev o'z vaqtida jamoamizda etakchi bo'lgan. Futbolchilar bilan munosabatimiz yaxshi. Bir-birimizga omad tiladik. 

- Muhim uchrashuv oldidan yo'qotishlar yo'qmi?

- Bazi bir yoshlarimizda kichik jarohatlar bor. O'ylaymanki, o'yingacha tiklanishadi. Darvozabonning jarohati jiddiy. Moskvada ko'rikda bo'lib qaytadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика