So’nggi yangiliklar

12:25"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи  1 11:55ПСЖ Энрике билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  0 11:35САфарда. "Бухоро" меҳмони. Хомяков ва Виталий Денисовдан интервью  0 11:05Левандовски Месси ва Роналдунинг натижасини такрорлади  1 10:40Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади  23 10:05Илёс Зейтуллаев: "Жамоам борини бериб ҳаракат қилмоқда"  0 09:40Жавоҳир Илёсов: "Бугун 18 ёшга тўлдим. Ҳар доим оиламдагилар биринчи табриклашади"  2 09:15Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  98 08:50Бобур Йўлдошев: “Мавсумни яхши ниятлар билан бошлаймиз, мухлислар ўтган йилгидан кўпроғини кутишади”  1 08:20Шаҳбоз Умаров: “Қозоғистон чемпионати ўсди, у ерни кучсиз деганларга Суперлигада ҳам ўзимни кўрсатмоқчиман”  0 07:50Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2026. Чорак финалда қандай натижалар қайд этилди?  1 00:40Миржалол Қосимов: "Руминия ва Молдова клубларига қарши ўйнашни истамайман. Жамоани 13 нафар футболчи тарк этди"  4 00:21"Ғазалкент" "Динамо-2"ни мағлубиятга учратган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:15А Серия. "Наполи" ўн киши бўлиб 90+5 дақиқада гол урган ҳолда "Женоа"ни мағлуб этди  1 23:38Конате “Реал”га ўтадими?  6

Ro'ziqul Berdiev: "Turkiya yig'ini rejadagidek kechmoqda" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Turkiya yig'ini rejadagidek kechmoqda"

Xabaringiz bo'lsa kerak, ayni paytda "Nasaf" futbol klubi Turkiyada yig'in o'tkazmoqda.
Yurtimizdan birinchilardan bo'lib, xorijga yo'l olgan ajdarlar u erda 26 yanvarga qadar bo'ladi. Biz jamoaning tayyorgarlik jarayoni xaqida bilish uchun bosh murabbiy bilan bog'landik. Takidlash joizki, Ro'ziqul Sadullaevich u erda o'ziga yarasha yumushlari ko'p bo'lishiga qaramay, o'zini professional tutib, savollarimizga javob berib o'tdi.

- Ro'ziqul aka, Antaliyada o'tayotgan yig'in haqida nima deysiz? Undan bosh murabbiy sifatida qoniqish hosil qilyapsizmi?

- Ha, albatta hammasi reja bo'yicha kechmoqda. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot bo'lyapti. Hech qanday muammo yo'q. Futbolchilar bor kuchlarini berib ishlamoqda.

- Darvozabon Eldor Suyunovni belidagi jarohat bezovta qilayotgandi. Uning bugungi holati qay darajada?
- Yaxshi. Eldor biz bilan mashg'ulotlarni boshlagan.

- Antaliyaga jo'nab ketgan futbolchilar ro'yxatiga etibor qaratadigan bo'lsak, unda yoshlar jamoasidan bir qator futbolchilarni jalb etilganini ko'rish mumkin. Ular ishonchingizni qay darajada oqlamoqda?

- Yoshlarimizning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz. SHuning uchun ularni asosiy jamoa yig'iniga jalb etganmiz. SHu bois ularga ishonch bildirishda davom etamiz.

- Igor Taran jamoaga kirishib keta oldimi? Umuman futbolchi siz kutgan narsani amalga oshira olyaptimi?
- Taranni bejizga olmadik. Uning tajribasi katta. Tabiiyki u bilan oldingi chiziqdagi raqobat yanada kuchayadi, deb o'ylayman. Qolaversa Igor bizning o'yin uslubimizga mos tushadi.

- "Nasaf" tarkibiga bundan boshqa yana futbolchilar kelishi mumkinmi?
- Yangi futbolchini olib kelganimiz bilan u bir oy ichida o'yinimizni kuchaytira olmaydi. Buning uchun vaqt kerak bo'ladi. Bizda esa vaqt juda kam.

- "Nasaf"ning OCHL pley-off bosqichidagi raqibi "Al Jaish" o'yinlarini ham kuzatib boryapsizmi?
- Bu jamoaning o'tkazgan o'yinlarini ko'rib chiqdim. Aytish kerakki, tarkibida kuchli legionerlar ko'p. SHunga monand tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.
 
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика