So’nggi yangiliklar

10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  2 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  2 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  13 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  7 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  14 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  76 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3

Ro'ziqul Berdiev: "Terma jamoaga faqat munosib va loyiq futbolchilarni jalb qilamiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Terma jamoaga faqat munosib va loyiq futbolchilarni jalb qilamiz"

O'zbekiston terma jamoasiga vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangan Ro'ziqul Berdievdan saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov bazi savollarga javob olishga muvaffaq bo'ldi.

"Nasaf" jamoasining Oliy liga doirasidagi "Dinamo"ga qarshi uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida faqat o'yin atrofidagi savol-javob bo'lib o'tdi. Reglament bo'yicha o'yin oldi va uchrashuvdan keyingi tashkil etiladigan matbuot anjumanida faqat o'sha bahsga doim savol-javob bo'ladi. SHu bois matbuot anjumanidan keyin O'zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bilan yangi rejalar haqida qisqacha suhbatlashdim.

Dastavval taklif qachon va kim tomonidan bo'lgani haqida Ro'ziqul Berdievdan so'radim:

- To'g'risi, bu taklifni kutmagandim. "Neftchi" bilan o'yindan keyin meni O'FFga chaqirishdi. O'FFda meni Sardor Rahmatullaev hamda vice-prezident SHoakram Isroilov bilan uchrashdim va shu masalada gaplashdik. Ular menga prezident Umid Ahmadjonov Qatar safaridan kelganidan keyin rasmiy qarorni qabul qilishlarini aytishdi. BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgani tufayli terma jamoani boshqarishimni so'rashdi.

Ro'ziqul Berdievga terma jamoa murabbiylar shtabida kimlar ko'maklashishi albatta qiziq. Terma jamoa bosh murabbiyidan ushbu savolga quyidagi javobni oldim:

- Bugundan bu haqida o'ylashni, bosh qotirishni boshlayman. Menga terma jamoada ko'maklashadigan ko'pchilik murabbiylar o'z jamoamdan ("Nasaf") bo'ladi. Balki boshqalarni ham taklif qilishimiz mumkin.


Yaqinda O'FFdagi yig'ilishda 10ga yaqin murabbiylar kelajakda terma jamoa sharafini himoya qilishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini taqdim etishgandi. BAAga qarshi o'yinga o'sha ro'yxatdan kelib chiqib tarkib tuziladimi yoki Ro'ziqul Berdiev o'zi kimlarni jalb etishni aniqlaydimi, degan savolga murabbiy shunday javob qaytardi:

- Taqdim etilgan ro'yxatda 50-60ga yaqin futbolchilarning nomi bor. Biz o'sha ro'yxat ichidan munosib futbolchilarni tanlab olishimiz kerak bo'ladi. SHuni takidlashim mumkinki, bu yig'inga futbolchilarni jalb etishda yoshlarga alohida etibor beramiz. Albatta tajribali futbolchilar ham bo'ladi. Tajriba va yoshlikni uyg'unlashtirgan holda tarkibni tuzamiz.

O'FF Ro'ziqul Berdiev bilan rasman shartnoma imzolangani yo'q. Bu haqda O'zbekiston terma jamoasini BAAga qarshi o'yinda boshqarib boradigan murabbiy shunday deydi:

- Rasman shartnoma imzolangani yo'q. Bu haqida gap bo'lgani yo'q va bo'lishi ham shart emas. Kerakli paytda biz terma jamoa uchun yordamga doim tayyormiz.


Vatan jamoasini boshqarish juda masuliyatli va sharafli ish. SHu bilan bir qatorda terma jamoa murabbiyiga muxlislar va jurnalistlar tomonidan bosim ham albatta yuqori bo'ladi. Bu xattoki vaqtinchalik bo'lsa ham. Ro'ziqul Berdiev bu haqda shunday fikrda:

-Murabbiylar o'zi har doim bosim ostida ishlaydi. Bu xoh klub yoki terma jamoa bo'lsin. Bu kabi yuqori bosimga murabbiylar doim tayyor bo'lishi kerak. CHunki murabbiylikni masuliyati yuqori. Terma jamoani boshqarish juda katta vazifa. Bosim bo'lishi tabiiy. Buni to'g'ri qabul qilaman. Bosim har doim bo'lgan va terma jamoada yanada ko'proq bo'ladi. Lekin biz xotirjam ishlashimiz kerak.

Ro'ziqul Berdiev futbolchilarni tanlashda jiddiy yondoshib, bunga alohida etibor qaratishini malum qildi.

Ayni paytda "Nasaf" ajoyib o'yinlarni o'tkazayotgani, tarkibida terma jamoaga nomzod va munosib futbolchilar ko'pligini inobatga olib, murabbiy tarkibni tanlayotganda ko'proq o'zi bilgan futbolchilarga suyanadimi, degan savolga Berdiev quyidagicha javob qaytardi:

- Oldimizda ozgina bo'lsa ham vaqt bor. Biz nafaqat o'z jamoamizdan kelib chiqib, boshqalarga ham etibor beramiz. Terma jamoaga yaxshi o'ynaydigan, munosib futbolchilarni jalb etamiz. O'zbekiston deganda faqatgina "Nasaf", "Bunyodkor" yoki "Paxtakor" degan gap bo'lmaydi. Munosib va loyiq futbolchilarni yig'inga chaqiramiz. Agarda bizda yaxshi o'ynaydigan futbolchilar bo'lsa, bizdan bo'ladi. Agarda "Paxtakor", "Bunyodkor" yoki "Buxoro"dan bo'ladigan bo'lsa, o'shalarni jalb etamiz. Yana bir bor qaytarib aytaman, bunga jiddiy etibor qaratamiz. Ushbu yig'inda yoshlarga etibor qaratgan holda mahalliy futbolchilar jalb etiladi. Legionerlar xizmatidan foydalanilmaydi.

Ayni paytda "Nasaf"ning Oliy ligadagi ishlari juda yaxshi ketmoqda. Jamoa bir tekis futbol o'ynamoqda va natijalar ham qoniqarli. Berdiev terma jamoaga etibor qaratish chog'ida klubdagi ishlari qay tariqa davom etadi?

- Albatta bu ozgina bo'lsa ham tashvishga soladi. CHunki etiborni ikki tarafga qaratishga to'g'ri keladi. O'ylaymanki, bu erda hech qanday xatoliklarga yo'l qo'ymaymiz. "Nasaf" bilan mavsumni yaxshi va oxirigacha muvaffaqiyatli davom ettirishimiz kerak. Asosiy etiborimiz baribir terma jamoaning o'rtoqlik o'yini va yig'inlariga qaratiladi. Lekin "Nasaf"ning ham taqdiriga befarq qarab bo'lmaydi.


Ro'ziqul Berdiev hujumkor futbol tarafdori.

Berdiev qo'l ostida terma jamoa qanday o'ynashi ko'pchilik muxlislarimizni qiziqtirishi tabiiy. Bu haqida yangi murabbiy quyidagi fikrda:

- BAAga qarshi qanday o'yin uslubini qo'llashimizni raqibni yaxshi o'rganib chiqqanimizdan keyin hal qilamiz. Lekin men hujumkor futbol tarafdoriman. "Nasaf"da ham shu uslubdan foydalanaman. "Nasaf"dagi o'yiinimizni oladigan bo'lsak, ko'proq to'p bilan muomalada bo'lishimiz kerak bo'ladi. Bizni oldimizda vaqt bor va qaysi jihatlarga etibor qaratishimizni yanada aniqlashtirib olamiz.

Ro'ziqul Berdievning "Nasaf"dagi shartnomasi yil yakunida nihoyasiga etadi. Murabbiy terma jamoada berilgan kichik imkoniyatdan maksimal foydalanmoqchi.

- O'FF xorijdan murabbiy olib kelmoqchiligidan xabarim bor. Bizga qancha imkoniyat berishlaridan qatiy nazar, o'sha vaqt mobaynida yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Har qanday murabbiy qaerda ishlamasin, baribir terma jamoasi manfaatini o'ylaydi.


Ro'ziqul Berdiev terma jamoa murabbiyi sifatida ishga kirishdi. "Nasaf"ning "Dinamo"ga qarshi uchrashuvidan keyinoq Berdiev terma jamoa haqida o'ylashni boshlab yuborgan. O'zbekiston terma jamoasining yangi vaqtinchalik bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev bugun bo'lib o'tadigan "Buxoro" - "Paxtakor" uchrashuvini kuzatish uchun Buxoroga boradi.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +67   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика