Ro'ziqul Berdiev: “Teng o'yinda g'alaba qozondik”
13 sen 2014 07:47
Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Teng o'yinda g'alaba qozondik”
“Metallurg” – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab “Nasaf” ustozi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Bugun biz uchun og'ir shu bilan birga muxlislar uchun chiroyli o'yin bo'ldi, -deya so'z boshladi Ro'ziqul Sadullaevich. – Asosiy maqsadimiz uch ochkoni qo'lga kiritish edi va biz bunga qiyinchilik bilan erishdik. CHunki “Metallurg” oxirgi yillarda biz uchun noqulay raqib bo'lib kelayotgan edi. O'yinga keladigan bo'lsak, qaysidir jamoa kuchlilik qildi, deb aytolmayman. Teng kurashlar ostida kechgan o'yinda biz g'alabaga erishdik.
- Jamoaning asosiy darvozaboni terma jamoa safida Osiyo o'yinlariga jo'nab ketgandi. Aynan shu chiziqdagi xavfdan cho'chimagan edingizmi?
- Biz avvalo o'yindan cho'chigan edik. Yuvorida aytganimdek, oxirga yillarda bizga qarshi juda yaxshi o'yin ko'rsatayotgandi. Darvozabon masalasiga to'xtaladigan bo'lsak, Suyunov Koreyaga yo'l oldi. Muxlislarimiz bilishadi, biz ikkinchi davrada bir qator o'yinlarda aynan Yusupovga ishonch bildirib, uni tayyorlab kelayotgan edik. Bugun ham o' o'zini yaxshi tomonlarini ko'rsata oldi. Biz unga ishonishda davom etamiz.

Fikrlar