So’nggi yangiliklar

00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  8 00:09"Эспаньол" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  5 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2

Ro'ziqul Berdiev: "Tarixiy g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Tarixiy g'alabaga erishdik"

"Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev O'zbekiston Kubogi finalidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz tarixiy g'alabaga erishdik. Bu bilan barcha ishqibozlarimizni tabriklayman. Bugungi natija o'yinga mos bo'ldi. Stadionga kelgan muxlislarning ko'p qismi ham biz tomonda bo'ldi va biz birgalikda g'alabaga erishdik. Jizzaxliklarga ushbu ajoyib muhitni tashkil etib berishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Stadion mamuriyatiga o'z tashakkurlarimizni bildiramiz. Finalni neytral maydonda o'tkazishni qo'llab-quvvatlayman. Yurtimizda yangi stadionlar barpo etilmoqda va bu kabi katta inshootlarda haqiqiy bayramni tashkil etish zarur. Muxlislarga futbol bayramini taqdim etib berish lozim. Men qachon g'alabaga ishona boshladim? Ikkinchi bo'limni hujumkor ruhda boshlaganimizda men g'alabaga ishonishni boshladim. Tanaffusdan so'ng yigitlar yanada hujumkorlikni oshirishdi va bir qator golli vaziyatlarni yaratishda faollik ko'rsatdik. Birinchi bo'limda ham gol urish uchun yaxshi imkoniyatlarni yuzaga keltirgandik. Masalani ikkinchi taymda hal etdik. Ushbu yirik g'alabani men butun Qashqadaryo muxlislariga bag'ishlayman", deydi murabbiy.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика