So’nggi yangiliklar

01:51Расман: Оле-Гуннар Сульшер истеъфога чиқарилди  1 01:30Отабек Боймуродов: "Ҳар бир рақиб учун алоҳида тайёрланамиз"  1 01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  51 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  4 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  7 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  22

Ro'ziqul Berdiev: “Tablodagi hisob o'yinga mos bo'ldi” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Tablodagi hisob o'yinga mos bo'ldi”

Matbuot anjumanning ikkinchi qismi “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev bilan davom etdi.
-Avvalo bugun maydonla harakat qilgan har ikkala jamoa futbolchilariga rahmat. Bunday issiq ob-havoda futbol o'ynash juda og'ir. Bugun tez futbol bo'lmagandiru, lekin har ikkala jamoa mazmunli o'yin ko'rsatdi. Qisqasi, tablodagi hisob o'yinga mos bo'ldi.

-Birinchi davra yakunlandi. Murabbiy sifatida nimalarni reja qilgandizu, nimalarga erisholmadiz?

-Rejamiz bo'yicha har bir o'yinda kerakli natijalarga erishish edi. Lekin shunaqa o'yinlar bo'ldiki, biz o'z qo'limiz bilan ochkolarni raqibga berib qo'ydik.  SHu sababdan birinchi davrani to'rtinchi pog'onada yakunladik. Lekin o'ylaymanki, hali hammasi oldinda. Oldimizda ikkinchi davra o'yinlari turibdi.

-Davralar oralig'ida jamoaning qaysi chiziqlari kuchaytiriladi? Xorijda o'quv-yig'in mashg'ulotlari o'tkaziladimi?

-Xorijda yig'in o'tkazsak yaxshi bo'lardi. Lekin jamoamizning  moliyaviy imkoniyati hozircha bunga etmaydi.  O'z qarorgohimizda ikkinchi davraga hozirlik ko'ramiz. Agar bizning o'yinimizni kuchaytiradigan hujumchi bo'lsa, tarkibga jalb etamiz. Bu yo'lda ish olib borilmoqda. Bu biz uchun juda muhim. Mavsum boshida barcha o'yinni SHomurodov o'tkazib kelmoqda. U ham inson, uyam charchaydi. SHu sabab unga yordam beradigan, raqobatni kuchaytiradigan hujumchi kerak. Kenja bilan Allanizovning formasiga qaytishi ancha cho'zilib borayapti.

-Arturning o'yinida pasayish kuzatilmoqda...

-Bu haqiqatan ko'rinib turibdi. Bilasiz, Artur jamoamizning etakchi, eng muhim o'yinchisi hisoblanadi. Mavsum boshidan buyon u barcha o'yinlarda ishtirok etayapti va bu o'z tasirini o'tkazmay qolmayapti. Keyin ruhiy tomonlama ham jamoamizda muammolar kuzatildi.  Etibor bergan bo'lsangiz, OCHLdan guruh bosqichidan o'ta olmagach, jamoamizga bu salbiy tasir ko'rsatdi, chamamda. O'yinimizda ishtiyoq, hohish kamaydi. O'ylaymanki, birinchi davradan keyin futbolchilarga dam beramiz. 16 iyuldan ikkinchi davraga hozirlik ko'ramiz. O'ylaymanki, ikkinchi davrada u o'ziga bildirilgan ishonchni oqlaydi.

-Hamza Karimov ikkinchi o'yinga uchrashuv qaydnomasidan o'rin olmayapti...

-Hamzada kichik jarohat bor. SHu sabab u jamoamizga yordam bera olmayapti. Ammo O'zbekiston kubogining chorak finali javob uchrashuvida u jamoamizga yordam berishi mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика