Ro'ziqul Berdiev: "SHo'rtan" bilan bahsda oson g'alabaga erishmadik"
26 apr 2015 19:27
Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "SHo'rtan" bilan bahsda oson g'alabaga erishmadik"
"SHo'rtan" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yinni ko'rdinglar. Derbiga mos o'yin bo'ldi. "SHo'rtan" jamoasi bu mavsum oldiga katta maqsadlarni qo'yganini tufayli o'yin og'ir o'tdi. G'alabaga osonlikcha erishmadik. "Nasaf" nechinchi bor xarakter ko'rsatib yutqazib turib g'alaba qozonmoqda. Buning uchun futbolchilarimga rahmat aytaman. Teng o'yinda g'alabaga erishdik", - deydi Ro'ziqul Berdiev.
- Oldinda "Lokomotiv" va "Al Ahli"ga qarshi o'yinlar kutib turibdi. "Lokomotiv"ga qarshi o'yinni biroz kechiktirsa bo'lmaydimi? Yigitlar ancha tolib qoladiku...
- Yo'q, buni avvalroq hal qilish kerak edi. Umuman olganda "Lokomotiv" bilan bir xil vaziyatdamiz. Ular ham OCHLda o'ynaydi. SHu bois muammo emas. Bu qiyinchilik tug'dirayotgani rost. Bugun ham futbolchilarimiz erkin, tezkor o'yin namoyish eta olishmadi. Erondagi bahsdan keyin 5 nafar futbochliga dam berishga qaror qildik. Eldor Suyunov, Hamza Karimov, Maqsud Karimov, Erkin Boydullaev, SHuhrat Muhammadiev kabi futbolchilarga majbur bo'ldik dam berishga.
- SHuhrat Muhammadievni qachon maydonda ko'rishimiz mumkin?
- Muhammadiev jamoa bilan umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazmoqda. Umid qilamanki 4-5 kunda maydonga qaytsa kerak.

Fikrlar