So’nggi yangiliklar

14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  0 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  2 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  3 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  3

Ro'ziqul Berdiev: “Safarda durang yomon natija emas, biroq biz g'alabaga erishmoqchimiz” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Safarda durang yomon natija emas, biroq biz g'alabaga erishmoqchimiz”

“Al-Ahli” – “Nasaf” uchrashuvidan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida dastlab “Nasaf” ustozi Ro'ziqul BERDIEV va jamoamiz hujumchisi Ilhom SHomurodov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Ro'ziqul BERDIEV:-Ertangi o'yinda har ikkala jamoa faqat g'alaba uchun maydonga chiqadi. Faqat kim o'yinni yaxshiroq tashkil etsa, omad kimga ko'proq kulib boqsa o'sha jamoa uch ochko egasiga aylanadi. O'ylashimcha, guruhimizda barcha jamoada imkoniyat bir xil. Safarda durang? Ertangi o'yinda durang yomon natija hisoblanmaydi. Lekin biz bu o'yinga faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz. O'tgan turda o'z xatolarimiz evaziga Jiddada mag'lub bo'ldik. Bu safar bunday xatolarni takrorlamaslikka urinamiz. Raqibimiz guruhda so'nggi pog'onada borayotgani bu uning kuchsiz deyishga asos bo'lolmadi. Sababi dubayliklar tarkibida yaxshi, shakllangan futbolchilar bor. Tarkibimizda jarohatlangan futbolchilar yo'q. Jamoamizning o'z o'yin uslubi bor. Jiddiy raqibga qarshi ochiq futbol namoyish etmasligimiz mumkin. Lekin tartibli o'yin ko'rsatib, o'zimiz uchun kerakli natijaga erishmoqchimiz.  “Al-Ahli”ning OCHL va o'z chempionatidagi o'yinlarini ko'rdik. Kuchli futbolchi va kuchli murabbiyga ega jamoa. Bundan kerakli xulosalar chiqardi. Ertaga bizga oson bo'lmaydi.


Ilhom SHOMURODOV:-  O'yinga jidiy hozirlik ko'rdik. Yigitlar ertanga bahsga 100 foiz tayyor. Nasib etsa, ijobiy natijaga erishib, yurtimizga yorug' yuz bilan qaytish niyatidamiz.

-Jeparov O'zbekistonning Osiyodagi eng kuchli futbolchsi. Sizga u singari boshqa davlatlardan taklif tushsa to'p tepasizmi?
- Haqiqatan ham, Jeparovni butun Osiyo taniydi. U bejizga ikki karra qitamizning eng yaxshi futbolchisi deb topilmagan. Hozircha “Nasaf” bilan shartnomam bor. Albatta, har bir futbolchi Evropa va Osiyodagi kuchli jamoalarda to'p tepish niyati bo'ladi. Balkim kelgusida top jamoalarda to'p tepish nasib etar...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика