Ro'ziqul Berdiev: “Raqibimiz o'z maydonida kuchli o'yin ko'rsatdi”
14 mar 2018 01:03
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: “Raqibimiz o'z maydonida kuchli o'yin ko'rsatdi”
“Al Sadd” – “Nasaf” (4:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab qarshiliklar ustozi Ro'ziqul BERDIEV ishtirok etdi.
-Raqibimiz bugun o'z maydonida kuchli o'yin ko'rsatdi, hisob ham yirik bo'ldi. Bunday hisobda mag'lub bo'lamiz deb, o'ylamagandik. “Al Sadd” haqli ravishda g'alaba qozondi.
Bugun himoyada juda qupol xatolarga yo'l qo'ydik. Bunday o'yinlarda yo'l qo'yilgan xatolar aslo kechirilmaydi. Hamma gollar o'zimizning xatolar orqali kiritildi. Dragan CHeranning ertaroq maydonni tark etishi, o'yinimizga aslo tasir qilgani yo'q.
Guruhdagi vaziyatga to'xtaladigan bo'lsam, vaziyat shundayki, bitta o'yinning natijasi ko'p narsani o'zgartirib yuborishi mumkin. Bo'lajak o'yinlar natijasi bunga aniqlik kiritadi. Biz kurashni davom ettiramiz.
"Nasaf" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
16:04
Akmal Mozgovoy: "CHempion bo'lishimizga ishonmaganlarga: biz buni uddaladik va qolgani muhim emas" 15
Fikrlar