So’nggi yangiliklar

02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  1 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  1 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  4 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  24

Ro'ziqul Berdiev: "Raqib himoyasining bo'shligini bilardik" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Raqib himoyasining bo'shligini bilardik"

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida Ro'ziqul Berdiev OAV savollariga javob berdi.

"Bugingi g'alaba bilan muxlislarni tabriklayman. "Al Ahli"ni o'rganganlarimiz ish berdi. Ayniqsa hisob qisqarganidan keyingi vaziyatlar haqida ham alohida gapirib o'tish mumkin", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

- Balki, biz ham ayyorliklarni o'rganarmiz, hadeb arablarni o'yinini tomosha qilmasdan?

- Atayin o'rgatmaymiz. Lekin ayrim futbolchilar shunday vaziyatlarda qanday yo'l tutishni biladilar.

- Boydullaevning qizil kartochkasiga berilgan apelaciyaning javobi qanday bo'ldi?

- Buni OFK bir oy davomida ko'rib chiqar ekan. SHuning uchun bugungi vaziyatda uning xizmatidan foydalana olmadik.

- Ko'rindiki, raqib himoyasida muammolar etarlicha bo'ldi. Nima uchundir, birinchi bo'limda yarim himoyachilar juda ham yaxshi vaziyatda turgan hujumchilarga to'g'ri pas bera olmadilar...

- "Al Ahli"ning himoyasining bo'shligini biz ham bilardik. Menimcha kuchli hayajon va bosim tufayli hujum hamda yarim himoya o'rtasida bog'liqlik bo'lmadi deb o'ylayman. Ikkinchi bo'limda esa bu muammoni echgandek bo'ldik.

- Rahmatullaevda sariq kartochka bo'lishiga qaramay, ikkinchi bo'lim o'rtalarida raqib futbolchisi bilan aytishdi, hakamning og'zaki ogohlantirishiga qaramay tinchishni istamadi. Bu jamoaga qimmatga tushishi mumkin edi?

- To'ppa - to'g'ri. Aynan shu vaziyat boshlanganida Arturni chaqirib Dilshodni xovuridan tushirishi lozimligini aytmoqchi bo'lgan edim, ammo muxlislarga to'la stadionda buni uddasidan chiqa olmadik. U bilan bu vaziyat haqida gaplashamiz. Sababi keyingi o'yinlarda bunday muammolar bo'lishi kerak emas.


Matbuot anjumaniga Ro'ziqul Berdiev bilan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Bobur Abduxoliqov ham ishtirok etdi:

- Muxlislarimizni quvontirganimizdan xursandmiz. Bugun yaxshi o'yin bo'ldi va biz g'alaba qozondik. Birinchi bo'limdagi vaziyatlardan foydalana olmadik, ikkinchisida esa murabbiyimiz bergan ko'rsatmalarni to'liq bajara oldik deb o'ylayman.


Nodirxo'ja Yuldashev.



Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика