So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  0 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  2 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  22 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

Ro'ziqul Berdiev: “Qo'pol xatolar sabab yutqazdik” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Qo'pol xatolar sabab yutqazdik”

“Nasaf” – “AGMK” (0:2) uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.

- "Bugun omad ko'proq AGMK jamoasiga kulib boqdi. Birinchi bo'limda ko'proq vaziyatlar yarata oldik, agar bu vaziyatlarni golga aylantirganimizda natija boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. Mag'lubiyatni tan olishimiz kerak. Aslida omad ham kuchlilarga kulib boqadi. Bugun aksiga olib tajribali o'yinchilarimiz qo'pol xatolarga yo'l qo'yishdi".

- "Bunday xatolarni raqib kechirmaydi. Agar AGMK kiritgan gollarga etibor qaratsak, ular oson gollar urishdi. Menimcha, raqib o'yinchilari bunday xatolarimizni kutmagan bo'lsa kerak. Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan yosh o'yinchilarimiz ruhiyatiga ham salbiy tasir ko'rsatdi. Xullas, bugun qo'pol xatolar sabab mag'lubiyatga uchradik".

- "So'zimning oxirida har qanday holatda ham bizni qo'llab-quvvatlab turgan sodiq muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman. Rahmat sizlarga!"

"Nasaf" PFK matbuot xizmati. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика