So’nggi yangiliklar

22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  4 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10

Ro'ziqul Berdiev: "SHogirdlarim bilan faxrlanaman" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "SHogirdlarim bilan faxrlanaman"

Coca Cola Superliga 19-turidan o'rin olgan Nasaf – AGMK (2:0) o'yinidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.





"Bugungi raqibimiz nomdor va tajribali jamoa edi. Ularni mag'lubiyatga uchratishimiz uchun o'zimizning eng yaxshi o'yinlarimizdan birini o'tkazishimiz kerak edi. O'ylaymanki, yigitlarimiz buni uddalashdi. Buning uchun yigitlarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Qo'l ostimdagi futbolchilarim bilan faxrlansa bo'ladi. SHu yigitlar bilan birga ishlayotganimdan xursandman. Muxlislarga ham rahmat aytishimiz lozim, stadionga kelgan va teleekran orqali kuzatgan ishqibozlar o'yindan zavq olishdi. Futbolchilar o'z darajalarida to'p tepishdi. Albatta, qaysidir vaziyatda bizga omad kulib boqdi, qaysidir vaziyatda esa raqibga. AGMK jamoasi ko'proq standart vaziyatlarda havfliroq ko'rindi. Biz bunga tayyor edik. G'alabaga munosib harakat qildik va uch ochkoni qo'lga kiritdik",- deydi Ro'ziqul Berdiev.

- "Nasaf" ochiq futbolni yaxshi ko'radigan jamoa. Biroq, himoyaviy o'yin ko'rsatadigan jamoalarga qarshi bahslarda qiynalmoqda...
- "Buxoro" bilan o'yinda qiynaldik. "Mashal" ham himoyada o'ynagan edi. SHunga qaramasdan to'rtta gol urishga erishdik. "Buxoro" bilan o'yinda vaziyatlardan gol urganimizda boshqacha bo'lardi. Bu o'yinlar ortda qoldi. Keyingi uchrashuvlarni o'ylashimiz kerak. G'oli G'aybullaev bugun betobligi sabab ishtirok eta olmadi.

- Jamoaning navbatdagi ikki turda neytral maydonda o'ynashi haqidagi gaplarga munosabatingiz?
- Yo'q, neytral maydonda o'ynamaymiz. Dastlab Bekobodga boramiz va "Qo'qon-1912"ni uyda qabul qilamiz. Faqat oxirgi to'rtta tur neytral maydonda o'tishi ko'zda tutilgan.

- G'alabadan so'ng ko'nglingiz to'lmagan shogirdlaringiz bo'ldimi?
- Yutuqdan keyin barcha narsani esdan chiqarib yuborasiz. Bugungi g'alaba bilan barchani tabriklayman.

- Bobir Abdixoliqov to'pni qabul qilib olishda ko'p bor xatolarga yo'l qo'ydi. SHunga qaramasdan uni 80 daqiqaga yaqin o'ynatdigiz. Husayn Norchaevga kam imkoniyat berilmayaptimi?
- Bobirni tanqid qilsak biroz noto'g'ri bo'ladi. O'z gollari bilan jamoamizga katta foyda keltiryapti. Uni to'g'ri tushunishimiz kerak, barcha o'yinlarda to'liq harakat qilmoqda. Ko'p yuklamalar olyapti. SHu bois bugun tetik ko'rinmagan bo'lishi mumkin. Norchaev hali yosh, tajribasini oshirishi kerak.

- "Nasaf" ikki yildan beri OFK licenziyasini ololmayapti. Bu degani jamoa xalqaro maydonda ishtirok eta olmaydi. Bu muammolar qachon bartaraf etiladi?
- Bizda hech qachon bunday muammo bo'lmagan edi. Barcha sharoitlari bor jamoani hujjatlarini to'g'irlab bera olmaslik o'zim uchun kutilmagan holat bo'ldi. "Nasaf" har doim licenziya hujjatlarini birinchi bo'lib topshirgan. Balki, bu savol menga emasdir. Hech qachon bu borada kamchilik bo'lmagan. Jamoamizda barcha sharoitlar yaratilgan.

G'alabaga barcha o'z hissasini qo'shdi. Oybek Bozorovda jarohati bor edi. Husniddin Aliqulov bugun qanday o'ynaganini ko'rdinglar. Barchani g'alaba bilan yana bir bor tabriklayman.


Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика