So’nggi yangiliklar

11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4

Ro'ziqul Berdiev: "Penaltilar asosiy muammomiz bo'lib qolyapti" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Penaltilar asosiy muammomiz bo'lib qolyapti"

Coca-Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Bunday o'yinlarga jamoani tayyorlash oson bo'lmaydi. Sababi yaqinda kubokni yutdik, shuning ruhiyati yigitlarda sezilmasdan qolmaydi. Bundan tashqari raqib ham so'ngi o'rindagi jamoa edi. Aytib o'tganimdek, oson o'yin bo'lmadi. Bugun bizning maqsadimiz 3 ochko edi va qiyin o'yinda buni uddaladik. Jamoamiz azolarini va muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.

- Oldinda "Neftchi" qarshi masuliyatli o'yin kutib turibdi...

- Ha, hozirgi kunda hech bir o'yin oson o'tmayapti. Raqiblar bizning maydonda chuqur himoyaviy o'yin tashkil etayapti. Bu bizga etarlicha qiyinchilik tug'diradi. Qiynalmaslik uchun vaziyatlarni golga aylantirish zarur. Penaltilar asosiy muammomiz bo'lib qolayapti. Bizda penaltilarni Norchaev tepardi. Bugun 11 metrlikdan Solovyov tepishi haqida ko'rsatma bergandim. Ammo u ham maydonda yo'q bo'lgani sabab Lima Kruz masuliyatni bo'yniga oldi. Biroq, u ham bundan foydalana olmadi.

- Xusayin Norchaev va Dilshod Saitovlarning jarohatlari jiddiymi?

- Norchaev mashg'ulotlarga qo'shildi. Keyingi o'yinlarga tayyor bo'lishi kerak. Dilshod Saitov finalda bir oz jarohat olgandi. O'zi umuman bugun ko'p futbolchilarni rotaciya qildik. Markoning jarohati bo'yicha shifokorlar bilan gaplashamiz.

- So'nggi turda "Olimpik" bilan o'ynaysizlar. Rotaciyalar ushbu ko'p yuguradigan jamoa bilan o'yinga futbolchilarning jismoniy imkoniyatlarini saqlab qolish uchun amalga oshirilayaptimi?

- "Olimpik"ning barcha futbolchilari ko'p yuguradi. Ular bilan o'yinda ham ijobiy natija uchun maydonga chiqamiz. Navbatdagi turda "Neftchi" ham osonlikcha taslim bo'lmaydi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика