So’nggi yangiliklar

11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  1 10:42Неймарнинг келажаги маълум  0 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  0 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1 08:23Хаби Алонсо “Реал“ футболчиларига ультиматум қўйди  15 07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  16 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  2 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  3 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9

Ro'ziqul Berdiev: "Paxtakor" mavsumdagi eng yomon o'yinini o'tkazdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Paxtakor" mavsumdagi eng yomon o'yinini o'tkazdi"

Coca-Cola Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.



O'yin haqida

- O'zlaring guvoh bo'ldinglar, kurashlarga, hissiyotlarga boy o'yin bo'ldi. Biz "Paxtakor"ga o'z o'yinini o'ynashga imkon bermadik deb hisoblayman. Fikrimcha mezbonlar bugun mavsumdagi eng yomon o'yinlarini o'tkazishdi. Biz ularga ko'proq bosim qildik, afsuski yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. "Paxtakor"dan ko'ra ko'proq vaziyat bizda bo'ldi deb o'ylayman. Bu futbol, himoyada xato qilmaslik kerak.

- "Nasaf" o'yinida ozroq o'sish bor, lekin etarli emasdek. Bunga davralar oralig'idagi tanaffus sababmi?

- Tanaffus sabab emas deb o'ylayman. Ketma-ket ikki o'yinda mag'lubiyatga uchradik. Jismoniy tayyorgarligimiz joyida. Superligada biron jamoa bizning yigitlarimiz kabi yuguradiganini ko'rganim yo'q. Bugun biz pressingni yaxshi amalga oshirdik. Mag'lubiyatga sabab tarkibimizda etakchi futbolchilarning yo'qligi bo'ldi. SHerzod Nasrullaev, Akmal Mozgavoy kabi futbolchilarning yo'qligi bizga juda ham pand berayapti. Marko Stanoevichni oldinroqda chiqarsak, bizga foydasi ko'proq bo'lardi. Lekin tarkib bunga imkon bermadi. Bundan tashqari biz etakchi va kuchli jamoalar maydonida harakat qildik. To'g'ri xulosa chiqaramiz, etakchi futbolchilarimiz qaytsa, biz oldingi kabi o'yinlarimizni ko'rsatamiz.

- Oybek Bozorov asosan chap qanotda o'ynar edi. Bugun u oldinga chiqarilgandek ko'rindi...

- Bugun taktik uslubimizda ozroq o'zgarish qilgandik. Oybek hujumchi ortida o'ynashi kerak edi. Unga mezbonlarning asosiy hujumlari Odil Xamrobekov orqali boshlanadi. Bozorov uni zararsizlantirishi kerak edi. To'g'ri u hujumlarda ozroq xatoga yo'l qo'ygandir, lekin o'z vazifasini yaxshi bajardi. 

- Hakamlik haqida nima deya olasiz?

- Hakamlar haqida ko'p gapirmayman. Lekin bugun hissiyotga berilib bazi vaziyatlarda ularga etiroz bildirdim. Hakamlar biz bilan gaplashmang, bunaqa ohangda gapirmang deb aytayapti. Nima uchun gapirmasligimiz kerak, buni bilmadim. Biz haqorat qilganimiz yo'q, hissiyotga berilgan vaziyatlarda fikr bildiramiz. SHu bilan futbolimiz qiziq emasmi? Jim o'tiraversak maydondagi kurashni hech kim sezmaydi.

- AGMK bilan o'yindan oldik jamoangizni jismoniy xolatidan qanchalik qoniqayapsiz?

- Bugun o'yindan so'ng futbolchilarga ko'p harakat qilganliklari uchun minnatdorchilik bildirdim. Jismoniy tayyorgarligimiz bo'yicha muammo ko'rinmaydi. "Lokomotiv" va "Paxtakor" bilan o'yinlarda yigitlar ko'proq va tezroq ham yugurishdi. Albatta muhimi natija. Bizga bazi vaziyatlarda bizga mahorat etishmayapti. Bugungi o'yinda mezbonlarda mahorat borligi uchun gol urib ketishdi. Biz 10 ta vaziyat yaratib gol ura olmayapmiz. Mehnat qilaversak natija ham o'zi keladi. Futbolchilarga shuni takidlayapmiz. 3 ta kuchli klub, kuchli murabbiylar bilan o'ynashimizni, oson bo'lmasligini bilardik. SHunga yarasha qildik.

Kamchiliklarni ko'rib chiqamiz. Vaziyatlarni sanab chiqsak, bizda ham imkoniyatlar bo'ldi. Agar Norchaev yuzaga kelgan vaziyatdan unumli foydalanganida balki o'yin boshqacha ko'rinish hosil qilishi mumkin edi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика